Prokuratura organlari, tizimi. Konstitutsiyaning 118-moddasida О'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni О'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bо'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi,deb ta'kidlangan. О'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni О'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bо'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi (Konstitutsiyaning 118-moddasi). Prokuratura о'z vakolati doirasida davlat funkciyalarini amalga oshirishdi va birinchi navbatda, davlat amaliyotining mustaqil tarmog'ini tashkil etuvchi qonunlarning aniq va bir hilda bajarilishi (prokuror nazorati ostida), qonunchilik va tartibotni ta'minlashda ishtirok etadi. Bosh Prokuror va unga bо'ysunuvchi prokurorlar mazkur Konstitutsion amaliyot doirasida vazirliklar, davlat qо'mitalari, idoralar, korhonalar, tashkilotlar, hokimlar, boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning bajarilishini nazorat qiladilar. Yuridik va jismoniy shaxslar о'z faoliyatlarini qonunga asoslangan holda yoki о'zaro munosabatlarni amaldagi normativ- huquqiy aktlar orqali muvofiqlashtirishlari natijasidagina qonunlarni aniq va bir hilda bajarilishi borasidagi Konstitutsion talablar ijro etiladi. Bu borada qonunlarni aniq va bir hilda bajarilishi qabul qilinayotgan barcha normativ-huquqiy aktlarning ma'no jihatidan muvofiqligini ta'minlashga qaratilganligi muhim bо'lib, ularni qо'llash chog'ida yuzaga kelishi mumkin bо'lgan normativ-huquqiy aktlardagi noaniqliklar, notо'g'ri yoki qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda kо'mak beradi: Qonunlar ijrosi nazorati faqat Konstitutsiya va О'zbekiston Respublikasi qonunlari negizida amalga oshirilib qolmay, balki о'zga normativ aktlar doirasi darajasida ham kengaytirilgan. Jumladan, qonundan kelib chiquvchi va ijro tartibini belgilab beruvchi, shu bilan birga qonunga zid bо'lmagan qonunning ba'zi bandlari huquqiy kuchga ega deb qaraluvchi О'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirliklar, davlat qо'mitalari va idoralari aktlari, davlat hokimiyatining joylaridagi vakillari organlari aktlari nazarda tutiladi. О'zbekiston respublikasi Bosh Prokurori va uning muovinlari О'zbekiston Respublikasi Prezidenti, keyinchalik О'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanish asosida tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi. О'zbekiston respublikasi Bosh Prokurorining vakolat muddati 5 yil. Bosh prokuror О'zbekiston Respublikasi Prezidenti va О'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi oldida hisobdordir. Shu bois, О'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori О'zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda qonuniylik holati, jinoyatchilikka qarshi olib borilayotgan kurash hususida habardor qilib turish bilan birga, og'ir jinoyatlar, favqulodda holatlar hususida darhol habar berib turadi va har 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot beradi. Shuningdek, har 5 yilda О'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi oldida hisobot beradi. О'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimi О'zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar va tumanlar prokuraturasi hamda tumanlararo prokuraturalardan tashkil topgan. Viloyat, shahar va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek, shahar, tuman va ularga tenglashtirilgan prokurorlar О'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tarafidan 5 yil muddatga tayinlanadilar. Zikr etib о'tilgan prokurorlar О'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va о'zlaridan yuqori turgan mansabdorlarga bо'ysunadilar va ular oldida ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.05 KB
Ko'rishlar soni
235 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.05 KB
Ko'rishlar soni
235 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: docx