Prokuror nazorati hujjatlari

Prokuror nazorati hujjatlari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuror nazorati hujjatlari - rasmi

Material tavsifi

Prokuror nazorati hujjatlari O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi prokurorlar o'z vakolatlaridan foydalangan holda quyidagi prokurorlik nazorat hujjatlarini qo'llaydilar. Bularga: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv kiradi. Protest- Qonunga zid bo'lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Protest kiritildimi darhol, ya'ni o'n kunlik muddatdan kechiktirmagan holda ko'rib chiqilishi shart. Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko'rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g'ayriqonuniy deb e'tirof etish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to'g'risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko'rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o'tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin. Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib qo'yadi. Jinoyat ishini qo'zg'atishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror: surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig'ining, tergovchining jinoyat ishi qo'zg'atish to'g'risidagi qarorini bekor qilishga va ish qo'zg'atishni rad qilishga shuningdek ish qo'zg'atish to'g'risidagi yoki rad qilish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan yuqori sudga protest berishga haqlidir. Protest yuridik nuqtai nazardan sifatli, sud qarori noqonuniyligini isbotlovchi dalillar hamda tegishli moddiy va protsessual qonun normalariga asoslantirilgan xulosalar bilan boyitilgan bo'lib, u isxonarli bo'lishi lozim. Qaror- prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida qaror qabul qiladi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. Ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to'g'risidagi ishni qo'zg'atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o'n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko'rib chiqilishi shart. Uni ko'rib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma'lum qilinadi. Taqdimnoma- prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo'lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi. Taqdimnoma darhol ko'rib chiqilishi va ko'rilgan chora-tadbirlar to'g'risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma'lum qilinishi lozim. Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko'rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma'lum qilinadi va u majlisda ishtirok etshga haqlidir. Ariza - prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Prokurorning arizasi sud tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ko'rib chiqiladi. Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi. Ogohlantiruv-prokuror fuqarolarning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga huquq va erkinliklariga, jamoat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.1 KB
Ko'rishlar soni 326 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.1 KB
Ko'rishlar soni 326 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga