Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish asoslari Yangi ochilgan holatlar bo'yicha sud qarorlarini qayta ko'rish instituti (bunga oid qonunlar) faqat aniq ish bo'yicha qaror qabul qilinishida ma'lum bo'lmagan va e'tiborga olinmagan, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning ochilishi munosabati bilan ishni qayta ko'rish zarur bo'lgan hollardagina qo'llanilishi mumkin. Yangi ochilgan holatlar bo'yicha sud qarorlarini qaytadan ko'rish fuqarolik ishlarini sud nazorati tartibida ko'rishdan, uning yo'l qo'yilishi shartlari, amalga oshirishning protsessual tartibi, sud qarorlarining qayta ko'rilishi to'g'risida masala qo'zg'atishga haqli shaxslar doirasidan farqlanadi. Bu institutning o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda sud xatoUklarga yo'l qo'ymaydi. Qayta ko'riladigan sud qarorlarini chiqarishda sudya va protsess ishtirokchilariga ish ko'rishda ma'lum bo'lmagan holatlarning keyinchalik aniqlanishi asos bo'ladi. Demak, ishni yangi ko'rish uchun hech kimga, shu jumladan, sudga ham ma'lum bo'lmagan holatlar bo'lishligi lozim, aks holda sudning bu borada yo'l qo'ygan xatosi nazorat tartibida qayta ko'rib, hal etilishi kerak. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qaror-larning yangi ochilgan holatlar bo'yicha qaytadan ko'rilishiga oid asosiy qoidalar FPKning 362, 369-moddalarida berilgan. Ularda ko'r-satilishicha, hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish uchun quyidagilar asos bo'ladi: 1) arizachiga ma'lum bo'lmagan va ma'lum bo'lishi mumkin bo'lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlar (masalan, qonuniy vorislar o'rtasida meros mulkining taqsimlanishi to'g'risida da'vo ishi yuzasidan qaror chiqarilganidan keyin meros mulkining yoki uning bir qismini boshqa shaxs (yoki shaxslar)ga vasiyat qilinganligi to'g'risida tegishli ravishda rasmiylashtirilgan vasiyatnomaning keltirilishi - yangi ochilgan va muhim ahamiyatga ega bo'lgan holat bo'lib ko'riladi); 2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo'lgan holatlar, ya'ni guvohning bila turib yolg'on ko'rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg'on xulosasi, atayin noto'g'ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar (bunday hollarda, agar qarorning asosiga qo'yilgan yuridik faktlar boshqa dalillar bilan yetarli darajada tasdiqlangan bo'lsa, bu asoslar bo'yicha ish qayta ko'rilmasligi ham mumkin); 3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudya-larning muayyan ishni ko'rishda sodir qilgan jinoiy qilmishlari; 4) sud chiqargan hal qiluv qarori, hukm, ajrim yoki qarori-ning yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo'lgan boshqa organlar qarorining bekor qilinishi. Yangi ochilgan holatlar bo'yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko'rish haqidagi ariza ishda ishtirok etgan shaxslar, yoki prokuror tomonidan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni chiqargan sudga beriladi. Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat ins-tansiyasi chiqargan ajrim, yoki ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.26 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.26 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc