Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida

Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida Davlat hokimiyati organlarini shakllanishida birlamchi omil hisoblangan saylov usuli orqali, hokimiyat tizimini vujudga keltirish va rivojlantirish qonuniyatlari, ularning tadrijiy o'zgarishi va tashkiliy-huquqiy asoslarini o'rganish olimlarning asosiy diqqat markazida bo'lib kelgan. Yangicha jamiyatni shakllantirish yangicha tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, Yaxshi bilamizki, demokratiya, demokratik jamiyatning bosh talabi -bu odamlarning o'z xohish-irodasini erkin ifoda etish, saylash va saylanish huquqini ta'minlashdan iborat[70]. Eng muhimi, saylovlar xalqimizni parokanda va bir-biriga qarshi qilishga emas, balki elu yurt manfaati yo'lida yanada birlashtirishga xizmat qilishi zarur Har qanday jamiyatda demokratik saylovlar taraqqiyotga yangi kuch beruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda yangicha saylovlarni o'tkazilishi o'ziga xos bo'lgan davrga to'g'ri kelmoqda. Ya'ni, bu - tubdan yangicha, mustaqil o'zbek davlatchiligi paydo bo'lgan va rivojlanayotgan, asosiy e'tibor xalq farovonligi, osoyishtaligini ta'minlashga qaratilgan, erkin fuqarolik jamiyati yaratilayotgan davrdir. Shunisi diqqatga sazovorki, bu davr O'zbekistonda o'ziga xos sharq va g'arb demokratiyasi tajribalari uyg'unlashgan demokratik jarayon shakllangani bilan ajralib turadi. Bunda sharq demokratiyasidagi insonni ulug'vor bilish, real shart-sharoitdan kelib chiqib harakat qilish, mas'uliyat his etish va fidoiylik ko'rsatish kabi qadriyatlar, g'arb demokratiyasining oshkoralik, o'z-o'zini tanqid qilish, tadbirkorlik singari jihatlari ko'zga tashlanadi. Saylov huquqi haqida gap ketganda odatda uni aspektlarini ikkiga ajratishadi: ya'ni bular obyektiv saylov huquqi va subyektiv saylov huquqi. Bulardan birinchisi - saylov huquqi normalari tizimi ya'ni asosini tashkil qiluvchi prinsiplari, tizimlari, tartibi, jaryoni va saylovni tashkil qilish va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi. Ikkinchisi - davlat tomonidan ma'lum bir shaxsni saylovda qatnashishini (passiv saylov huquqi yoki aktiv saylov huquqi) ta'minlanishini kafolatlanishidir. Saylov huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri bo'lib, u fuqarolarga nafaqat vakillik organlarini tashkil etish, balki bunday organlarga o'z vakillarini yuborish imkoniyatini ham beradi. Fuqarolar tomonidan ularning saylov huquqlarining hech qanday to'siqsiz amalga oshirilishi ularning davlat boshqaruvida ishtirokining eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o'z davlatini boshqarishda bevosita yoki o'z vakillari orqali qatnashish huquqi ko'pgina xalqaro hujjatlarda[71], jumladan YEXHT ning Kopengagenda qabul qilingan hujjatida ham ta'kidlangan. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida shunday deyiladi: Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekkiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.28 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.28 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga