Saylov huquqi tamoyillari Saylov huquqi tamoyillari - bu saylov qonunchiligining shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g'oyasi, yetakchi mezonidir. Respublikamizda saylov huquqining asosiy tamoyillari bo'lib bevosita konstitutsiyada belgilangan umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri va yashirin ovoz berish hisoblanadi. Mazkur tamoyillar qonunchiligimizda o'z aksini topgan bo'lib, ularning amalga oshirilishini huquqiy mexanizmlari mamlakatimizda fuqarolarning davlat boshqaruvida bevosita va o'z vakillari orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir. Umumiy saylov huquqi tamoyilida ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatidan qat'iy-nazar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bevosita 18 yoshga to'lganda saylash huquqiga egadirlar. Ayrim fuqarolar sud tomonidan muomolaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.Chunki bunday shaxslar o'z xatti-harakatlari to'g'risida o'zlariga hisob bera olmaydilar va saylovlarda qatnashish huquqidan ongli ravishda foydalana olmaydilar. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va O'zbekiston hududida yashovchi ajnabiy fuqarolar saylovlarda qatnashish va vakillik organlariga saylanish huquqiga ega emaslar. Teng saylov huquqi tamoyilida har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega bo'lishi tushuniladi. Saylovda hamma teng asoslarda qatnashadi. Har bir saylovchi ovoz berish uchun faqat bitta ro'yxatga kiritiladi. Saylovda har bir mandat uchun saylochilar soni teng asosda bo'linadi. Chunki, har bir okrugdan bitta deputat saylanadi. Saylovda barcha saylovchilarning teng asosda qatnashuvi saylov okruglarining ularda yashovchi fuqarolar soniga teng qilib tashkil etilishi bilan ham ta'minlanadi. Siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlarga saylov oldi tashviqot yuritishi teng asosda tashkil etiladi. To'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi tamoyili bevosita saylovchilar tomonidan saylanadigan nomzodga ovoz berish tushuniladi, bunda saylovchi va nomzod o'rtasida hech qanday vositachilikka yo'l qo'yilmaydi. Fuqarolar o'z erki-irodasini bevosita o'zlari ifodalashlari qonunchiligimiz bilan kafolatlanadi. Saylovchilar o'z nomzodlariga saylov vaqtida bevosita yoki qarshi ovoz berishlari mumkin. To'g'ridan-to'g'ri saylov huquqining ijobiy taraflaridan biri, saylov tartibida davlat hokimiyatining hamma saylanadigan organlari bevosita xalq tomonidan tashkil etilgan vakillik organlarii hisoblanadi. Yashirin ovoz berish tamoyili - saylovchining o'z hohish irodasini bildirish ustidan nazorat qilishga yo'l qo'yilmaydi. Saylov bulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish xonasida to'ldiriladi. Saylov bulletenini to'dirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa barcha shaxslarni hozir bo'lishi taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so'ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadilar. Har qanday mamlakatda mavjud saylov tizimi bir-biriga zid bo'lmagan tamoyillar va aniq talablar asosida qurilishi lozim. Saylov tizimi tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin: -Saylov tizimining konstitutsiyaga muvofiqligi; -Davlat hokimiyatining qonuniyligi; -Saylov tizimi talabalari ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.22 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.22 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc