Dalillarni ta'minlash Sud amaliyotida dalillarni ta'minlash manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim ahamiyatga egadir. Dalillarni ta'minlash natijasida ish ko'rish tezlashadi, bu boradagi ayrim to'siqlar bartaraf etiladi. FPKning 61-moddasida ko'rsatilganidek, o'zlari uchun zarur bo'lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo'lmay qoladi yoki qiyinlashadi, deb havotirlahish uchun asosi bo'lgan shaxslar ish ko'rilayotgan vaqtda suddan yoki da'vo qo'zg'atilishidan oldin va keyin sudyadan o'sha dalillarni ta'minlashni iltimos qilishlari mumkin. Bu qonunga muvofiq, taraflar, chunonchi, biron-bir guvohning boshqa joyga ketib qolishini nazarda tutib, undan so'roq olib qolinishini, biron-bir hujjatning yo'qotilishi to'g'risida havotirlanish bo'lganida, uning asli yoki tasdiqlangan ko'chirmasi olinishini va shu kabi boshqa dalillarning sud majlisiga qadar saqlanishini ta'minlash to'g'risida iltimos qilishlari mumkin. Ariza dalillarni ta'minlash uchun protsessual harakatlar qilinishi lozim bo'lgan joydagi sudga topshiriladi. Dalillarni ta'minlash to'g'risidagi arizalarda ta'minlash zarur bo'lgan dalillar, bu dalillar tasdiqlanishi kerak bo'lgan holatlar, dalillarni ta'minlash to'g'risida arizachini iltimos bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek, ta'minlanadigan dalillar zarur bo'lgan yoki keyinchalik asqotishi mumkin bo'lgan ish ko'r-satilishi kerak (FPKning 62-moddasi). Dalillarni ta'minlash to'g'-risidagi arizada yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari, ish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin. Qonunda ishni ko'rayotgan sud dalillarni boshqa tuman yoki shaharda o'tkazish zarur bo'lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish nazarda tutilgan. Sud topshirig'i ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda ko'rila-yotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur bo'lgan holatlar, top-shiriqni bajaradigan sud to'plashi lozim bo'lgan dalillar ko'rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yozilgan bo'lsa, o'sha sud uchun majburiy bo'lib, o'n besh kunlik muddat ichida bajarilishi lozim (FPKning 65~moddasi). Ishlarni sudga ko'rishga tayyorlash va lining ahamiyati Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishga tayyorlashdan maqsad FPKning 158-moddasida ko'rsatilganidek, ishning o'z vaqtida va to'g'ri hal qilinishini ta'minlashdir. Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishga tayyorlash fuqarolik protsessining mustaqil va muhim bosqichi bo'lib, fuqarolik huquqiy nizolarning ko'rilishi mumkin qadar tezlashtirilib, ishning to'la va har tomonlama ko'rilishi va hal qilinishini ta'minlash maqsadida o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sud amaliyotini umumlashtirib, fuqarolik ishlarini ba'zi sudlarda juda sustlik bilan hal qilinishini, ishlarning ko'rilishi ko'p maro-taba keyinga qoldirilishini, yuqori sud instansiyasi tomonidan qarorlarning qayta-qayta bekor qilinishi tufayli bir ishning o'zi bir suddan boshqasiga bir necha marotaba o'tkazilishini va shu kabi boshqa kamchiliklar mavjudligi plenum qarorlarida ko'rsatib o'tilgan. Ishlarni sudda ko'rishga tayyorlashda muayyan fuqarolik ishlarining turkumlari (kategoriyalari), ularning xususiyatlari, shu-ningdek, aniq nizoning turi e'tiborga olinadi, chunki bir xil tur-kumdagi ishlarni tayyorlashda bajarilishi lozim bo'lgan protsessual harakatlar boshqa turdagi ishlarni ko'rish uchun tayyorlashda bajarilishi talab qilinmasligi mumkin. Chunonchi mehnat nizolarini ko'rishga tayyorlashda bajariladigan harakatlar aliment undirish to'g'risidagi ishlarni ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.18 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.18 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc