Sud buyrug'i tartibida ish yuritish

Sud buyrug'i tartibida ish yuritish

O'quvchilarga / Huquq
Sud buyrug'i tartibida ish yuritish - rasmi

Material tavsifi

Sud buyrug'i tartibida ish yuritish Sud buyrug'i tartibida arizani ko'rib, hal etish instituti fuqarolik protsessual qonunchiligida mutlaqo yangi ish yuritish turi bo'lib, bunday ish ko'rish turi hozirgi kunga qadar amalda xo'jalik ishlarini sudda ko'rib hal etishda tatbiq etilib, xo'jalik protsessual kodeksida o'z ifodasini topgan edi (XPKning 102- ll-moddalari).HBu qoi-dalar FPKga, umuman, kiritilmagan edi. Xo'jalik ishlarini hal etishda sud buyrug'ini chiqarish tartibi davr talabiga mos kelganligi va masalalarni tezda hal etishda o'zining ijobiy jihatlari bilan umumiy tartibda ish yuritishdan farq qilishi sababli, bu ish yuritish turini fuqarolik ishlarini sudda ko'rib hal etishga ham tatbiq qilish maqsadga muvofiq ekanligi haqida amaliyot o'zining ijobiy xulosasini berdi. Shu boisdan ham FPKning 2-moddasiga yangi ish yuritish turi sifatida sud buyrug'i tartibida ishni ko'rib, hal etish qoidasi kiritildi. Endilikda bu qoida kodeksda quyidagi tahrirda va mazmunda o'z ifodasini topdi: «Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonun hujjatlari buyruq tartibida, ishlarni da'vo tartibida, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan be-rilgan shikoyatlar bo'yicha hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlarni ko'rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi», degan o'zgartirish kiritildi. Ayrim turkumdagi ishlar bo'yicha sud amaliyotini umum-lashtirish yakunlari shuni ko'rsatmoqdaki, bir qator fuqarolik ishlarida taraflar o'rtasida nizo bo'lmasa-da yoki javobgar talabni tan olsa-da, fuqarolik ishlarini sudda qo'zg'atish, protsessual qo-nunlarda ko'rsatilgan protsessual qoidalarni tatbiq etish kabi talablarga rioya qilgan holda ko'rishga to'g'ri kelmoqda. Fuqarolik ishlarini yuqorida ko'rsatilgan ayrim turlarini sud buyrug'i tartibida ko'rish manfaatdor shaxslarning qonunlarda belgilangan protsessual huquqlarini paymol qilmagan holda ish qo'zg'atmasdan arizani hal etishga qaratilgan. Shu boisdan ham fuqarolik ishlarini ko'rib, hal etishning bu tartibi ish ko'rishni osonlashtirish bilan bir qa-torda, shaxslaming qonuniy huquqlarini buzilmasligiga ham qa-ratilgan. Bu huquqiy hujjatni amalga kiritilishi sud islohotlarini davomiyligi va uni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan tadbir-lardan bo'lib hisoblanadi. Ish yuritishning bu turi manfaatdor shaxslaming nizosiz huquqlarini tezda himoya qilishga qaratilganligi bilan farqlanadi. I. Sud buyrug'i tartibida ish yuritish haqidagi qonunda berilgan tushunchada undiruvchining pul mablag'larini undirish yoki ko'char mol-mulkni nizosiz tartibda qarzdordan talab qilib olish to'g'risidagi arizasi bo'yicha sudya sudda ish qo'zg'atmasdan chi-qarilgan hujjat, deb ta'riflangan. Bu qoidaning mazmuniga qaraganda, sud buyrag'i asosida arizani hal etish uchun, awalo, bu turkumdagi fuqarolik ishlariga nisbatan protsessual qoidalarni to'liq qo'Uanmasligi, taraflar o'rtasida nizo bo'lmasligi, tuzilgan oldi-sotdi bitimlar, shartnomalar tegishli qoidalarga amal qilgan shaklda rasmiylashtirgan bo'lishi va ularni ikkinchi tomon tan olgan bo'lishi, sudya belgilagan tartibda ish qo'zg'atmasdan taraflar, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassis va boshqalarni chaqirmasdan faqat ariza va uni asoslash uchun ilova qilgan dalillar va boshqa hujjatlar asosida ixcham shaklda ko'rib hal etilishi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.1 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.1 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga