Sud jarimalari Fuqarolik protsessining ishtirokchilari o'zlariga qonun bilan yuklangan barcha protsessual burchlarni qoida bo'yicha ixtiyoriy ravishda va vijdonan bajarishlari lozim. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual burchlarini bajarishmasa, bunday hollarda sud muayyan ja'zolarni, ya'ni protsessual ta'sir etish choralarini qo'llashga majbur bo'ladi. Bunday jazo (ta'sir etish chorasi), aso-san, sud jarimalari shaklida tadbiq etiladi. Fuqarolik protsessual ta'sir choralarini ma'muriy va boshqa tartibda solinadigan jarimalar bilan aralashtirmaslik lozim. Sud jarimalari deb, protsessual burchlarni yoki sud majlisidagi tartibni buzishda aybli bo'lgan shaxslarga qonunda ko'rsatilgan hollarda pul bilan belgilangan protsessual ta'sir etish chorasiga aytiladi. Sud tomonidan jarimalar solinishi hollari va uning miqdori FPKning 75, 81, 86, 166, 176, 253, 381-moddalarida ko'rsatilgan. Sud qonunda ko'rsatilgan hollardan tashqari va belgilangan sum-madan ortiq jarimalar solishga haqli emas. Jarimalarning miqdori yuqorida keltirilgan qonunlarga binoan undiriladi. Ammo qarzdorni muayyan harakatlar qilishga majbur etadigan sud hal qiluv qaro-rining bajarilmaganligi uchun solinadigan jarimalarning miqdori FPKning 382-moddasida ko'rsatilishicha, birmuncha ko'proq belgilangan. Sud majlisiga uzrsiz sabablar bo'yicha kelmagan guvohlarga, sud chaqirig'i bo'yicha kelmagan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan yoxud atayin yolg'on xulosa bergan ekspertlarga, mutaxassislarga qonunda qancha miqdorda jarima solinishi mumkinligi ko'rsatilgan (FPKning 86, 91-moddalari). Ashyoviy dalillarni yetkazib berma-ganlik uchun ham (FPKning 81 -moddasida) jarima solinishi ko'zda tutilgan. Da'voni ta'minlash yuzasidan ko'rilgan choralar buzil-ganida aybdor shaxslarga sud ajrimi bo'yicha jarima solinishi mumkin (FPKning 249, 253-moddalari) Sud qarorining o'z vaqtida va lozim darajada ijro etilmaganida, jumladan, FPKning 381-moddasida ko'rsatilgan talablar, sud tomonidan uzrsiz deb topilgan bo'yicha bajarilmaganida ham aybli shaxslar sud ijrosining tavsiyasi bo'yicha jarimaga tortilishlari mum-kin.-iKorxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda jamoat tashqi-lotlarining mansabdor shaxslarga sud tomonidan solinadigan jarimalar ularning shaxsiy mablag'laridan undiriladi (FPKning 123-moddasi).^ Jarima solish to'g'risidagi sud ajrimlarining nusxasi jarimaga tortilgan shaxslarga tezlik bilan yuboriladi. Bu shaxs sud ajrimining nusxasini olishi bilan besh kun muddat ichida jarima solgan suddan jarimani olib tashlash yoki kamaytirish to'g'risida iltimos qilishi mumkin. Bu to'g'ridagi ishda ariza jarima solingan shaxs chaqirilib, ochiq sud majlisida ko'riladi. Lekin bu shaxsning kelmasligi arizani ko'rish uchun to'sqinlik qilmaydi. Sudning jarimani olib tashlashni yoki uning miqdorini kamayti-rishni rad qilganlik to'g'risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berish yoki xususiy protest keltirish mumkin (FPKning 125-moddasi). ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.34 KB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.34 KB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc