Sud xarajatlari va jarimalari Reja: 1. Fuqarolik protsessida sud xarajatlari tushunchasi va turlari 2. Davlat boji 3. Ishning sudda ko'rilishi bilan bog'liq chiqimlar 4. Sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilish Fuqarolik protsessida sud xarajatlari tushunchasi va turlari Fuqarolik ishlari bo'yicha odil sudlovni amalga oshirishda davlat tomonidan sarflanadigan mablag'laming muayyan qismi ishda manfaatdor boigan shaxslar tomonidan to'lanadi. Qonun bu shaxslarga (fuqarolar va tashkilotlarga) sudlarda fuqarolik ishlarini yuritish yuzasidan qilinadigan sud xarajatlarini - davlat boji va ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan chiqimlarni qoplashni yuklaydi. Sud xarajatlarini bir qismini davlat boji tashkil etadi. Bu bojlar sudlar tomonidan fuqarolik ishini yuritilishi munosabati bilan qilinadigan xarajatlar uchun olinadigan haq bo'lib ko'riladi. Davlat bojining miqdori qonun bilan belgilangan boiib, qoida bo'yicha da'vo qiymati, ya'ni da'vogarning mulkiy manfaatining pul bilan ifodalangan summasi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Sud orqali talab qilinadigan pul yoki mulk qiymati qancha ko'p bo'lsa, olinadigan davlat boji ham shunga yarasha oshiqroq belgilanadi. Ishning sudda ko'rilishi bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarning ik-kinchi qismini sud chiqimlari tashkil qiladi. FPKning 109-moddasida belgilanganidek, ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan chiqimlar: guvohlarga va ekspertlarga to'lanadigan summalardan, ish uchun ahamiyatli bo'lgan joyning sud tomonidan borib ko'rilishi bilan bog'liq bo'lgan xarajatlardan, FPKning 140-moddasida ko'rsa-tilgan hollarda javobgarni, chunonchi aliment to'lashdan yoki bi-rovga yetkazilgan zarar haqini to'lashdan qochgan shaxsni qidirish uchun qilingan xarajatlardan va sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlardan iborat bo'ladu Ishda manfaatdor bo'lgan shaxslar tomonidan sud xarajatlari to'latilishining ahamiyati davlat uchun mablag' olishda emas, balki taraflarning o'zlarining fuqarolik huquqiy burchlarini ixtiyoriy ravishda bajarishga rag'batlantirish va asossiz rizolarning qo'zg'atilishiga yo'l qo'ymaslikdir. Davlat boji Davlat boji sud muassasalariga beriladigan da'vo arizalaridan, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari usti-dan berilgan shikoyatlar, alohida tartibda ko'riladigan ishlar bo'yicha arizalar, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellatsiya, kassat-siya tartibida shikoyatlar va nazorat tartibida protestlar keltirish to'g'risida arizalar berganlik uchun, shuningdek, sud muassasalari tomonidan qog'ozlar va hujjatlarning nusxalari berilganligi uchun olinadi. Davlat bojining miqdori va uning to'lanishi tartibi O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi «Davlat boji to'g'risida»gi Qonuni va shu asosda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabr-dagi 533-sonli «Davlat boji stavkalari to'g'risidagi va unga kiritilgan o'zgarishlar haqida»gi qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-oktabrdagi 358-sonli qarori; davlat soliq qo'mitasi tomonidan 1993-yil 8-iyunda tasdiqlangan «Davlat boji to'g'risida»gi yo'riqnoma; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi «Fuqarolik ishlari bo'yicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undi-rish amaliyoti to'g'risida»gi qarori hamda FPKning 103-121 -mod-dalari bilan belgilangan1. Davlat boji fuqarolardan ham, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan ham olinadi. Davlat boji oddiy, ya'ni qat'iy stavkalarda, so'm va tiyinlar ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.93 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.93 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc