Sudda vakillik qilish

Sudda vakillik qilish

O'quvchilarga / Huquq
Sudda vakillik qilish - rasmi

Material tavsifi

Sudda vakillik qilish Sudda vakillik qilish tushunchasi, asoslari va turlari Qonunda (FPKning 50-moddasida) ko'rsatilganidek, fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan o'zlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqarolar sud ishida shaxsan qatnashib turib, vakilni ham ishga jalb etishga haqlidir. Yuridik shaxslar (tashkilot)ning sud ishlari o'z xodimlari yoki vakillari tomonidan yuritiladi. Sudda vakillik qilish uchun qonun fuqarolik huquqidagi vakillik kabi fuqarolarga va yuridik shaxslarga ularni tegishli huquq va majburiyatlarini boshqa shaxs (vakil)lar vositasida amalga oshirish imkonini beradi. Fuqarolar va yuridik shaxslar fuqarolik ishlarini sudlarda, aksa-riyat hollarda o'zlari bevosita yuritadilar. Ammo ba'zi sabablarga ko'ra, chunonchi kasallik, komandirovkada bo'lish, huquq norma-laridan yetarli darajada xabardor bo'lmaslik, muomala layoqati|a ega bo'lmaslik va boshqa sabablar bilan da'vogar va javobgar shaxslar sud ishini yuritishni boshqa shaxsga (vakilga) topshirishlari mumkin. Vakillar yuqorida ko'rsatilgan shaxslar nomidan va ulaming manfaatini ko'zlab sudda ish yuritish bilan bog'liq protsessual harakatlarni amalga oshiruvchi shaxslar bo'lib hisoblanadi. Sudda vakillik qilish deb, manfaatdor shaxsning topshirig'i bo'yicha yoki qonunda nazarda tutilgan barcha asoslarga ko'ra, boshqa shaxslar tomonidan protsessual harakatlarni amalga oshirishga aytiladL Sudda vakillik qilish institutining ahamiyati fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xolisona haqiqatni belgilash, nizoning mazmuni yuzasidan to'g'ri qaror qabul qilishda sudga ko'maklashishdan iboratdir. Qonun hamma sud instansiyalarida ko'riladigan fuqarolik ishlarida vakillarning qatnashishiga yo'l qo'yadi. Ba'zan fuqarolik ishlarining sudda ko'rilishida taraflarning shaxsan bayonot berishlari lozim, deb topilgan hollarda, masalan, FPKning 261-moddasida ko'rsatilganidek, aliment undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud javobgarning sudga kelishini majburiy, deb topganida vakilning bo'lishidan qat'i nazar, fuqarolik ishida taraf bo'lib hisoblangan javobgar shaxs ham sudga chaqirilishi mumkin. Qonun (FPKning 55-moddasi) kimlarning sudda vakil bo'la olmasliklarini ham belgilaydi. Bunday shaxslar: birinchidan, voyaga yetmagan, ya'ni yoshi 18 ga to'lmagan shaxslar, ayrim hollarda O'zbekistonda qizlarga 16 yoshdan nikohga kirishga ruxsat etilishi munosabati bilan ular o'z farzandlarining manfaatlari yuzasidan sudda vakillik qilishlari mumkin. Bu to'g'rida FPKda to'g'ridan to'g'ri ko'rsatma bo'lmasa ham, lekin ularning bu huquqlari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasi, 2-qismi qoidasidan kelib chiqadi. Bu qonunda aytili-shicha, voyaga yetmasdan awal qonunga muvofiq ravishda nikohga kirgan fuqarolar, nikohga kirishlari vaqtidan e'tiboran to'la hajmda muomalaga layoqatli bo'lib taniladilar; ikkinchidan, vasiy yoki homiylar nazoratida bo'lgan shaxslar, ya'ni bolalar va ruhiy kasallar; uchinchidan, sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruv-chilar, ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek, tegishli sud, prokura-tura, surishtiruv va tergov organining tegishli vakili sifatida qatnash-gan hollar bundan mustasno ekanligi ko'rsatilgan. Vakolat beruvchi bilan vakillik qiluvchi o'rtasidagi munosabatlar fuqarolik, oila, mehnat va ma'muriy-huquqiy me'yorlari bilan tartibga solinadi (masalan, FKning 129-141-moddalari, Oila kodeksining 173-193-moddalari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.85 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.85 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga