Suverenitet tushunchasi va uning turlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi «O'zbekiston - suveren demokratik Respublika» ekanligini e'lon qiluvchi va qonuniy mustahkamlovchi muhim qoidadan boshlanadi. Xususan, uning 1-moddasida «O'zbekiston - suveren demokratik Respublika. Davlatning «O'zbekiston Respublikasi» va «O'zbekiston» degan nomlari bir ma'noni anglatadi», deb belgilangan. Davlat xalqning rasmiy vakili sifatida o'z fuqarolarining irodasini ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning huquq va manfaatlarini to'la va har tomonlama ta'minlashi mumkin. Davlat suvereniteti deganda, davlat hokimiyatining ustivorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to'la mustaqilligi tushuniladi. Suverenitet davlat hokimiyatining alohida xususiyati bo'lish bilan bir paytda, davlatning muhim belgisi ham hisoblanadi. O'zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri davlat suvereniteti prinsipi hisoblanadi. «Davlat suvereniteti» iborasi fransuzcha «yuqori hokimiyat», «oliy hokimiyat» degan ma'noni anglatadi. Suveren davlat ichki va tashqi siyosiy faoliyatida o'zining mustaqil va oliy davlat hokimiyatiga, ya'ni qonun chiqaruvchi hokimiyatiga ega bo'ladi. «Suverenitet» degan ibora davlat-huquqiy ma'noda birinchi marta XVI asrda fransuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, suverenitet «davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir». Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta'limot dastlab feodalizmga qarshi kurash yo'lida ishlab chiqilgan edi. Xalq suvereniteti nazariyasi fransuz olimi Jan Jak Russo tufayli burjua revolutsiyasi arafasida o'zining klassik qiyofasini topdi Uning fikricha umumiy iroda tomonidan boshqariladigan hokimiyat- suverenitet deb ataladi[8]. O'zbekiston xalqining suvereniteti mamlakatimizda hokimiyatning to'laligicha halqqa tegishliligini bildiradi. Xalq -hokimiyatning yagona manbai va subyekti, unga hech kim o'z irodasini o'tkaza olmaydi. Xalq suverenitetining mazmuni shundan iboratki, uning hokimiyati boshqa subyektga berilmaydi va bo'linmaydi. O'zbekistonda davlat hokimiyati halqniki faqat unga xizmat qiladi. Xalq suvereniteti davlat va milliy suverenitetlarida namoyon bo'ladi. O'zbekistonda suverenitetning manbai va yagona egasi bo'lgan xalq uni, eng avvalo, davlat hokimiyati orqali davlat suvereniteti sifatida amalga oshiradi. Millat suvereniteti -millatning siyosiy va huquqiy holati tushuniladi. Har bir millat o'zining suveren siyosiy va huquqiy holatiga ko'ra, o'z siyosiy holatini, o'z irodasi bilan, boshqa xalqlarning aralashuvisiz mustaqil tarzda belgilaydi, iqtisodiy, madaniy rivojlanish yo'lini tanlaydi va o'z milliy davlatini tuzadi[9]. Millat suvereniteti millatning ajralmas xususiyati bo'lib, uning mustaqil yashash huquqini bildiradi. Millat suvereniteti millatning ajralmas xususiyati bo'lib, uning mustaqil yashash huquqini bildiradi Bu huquqni ma'lum darajada amalga oshirilishi, ya'ni o'zinig milliy davlat shaklini tanlashi, yakka holda yoki boshqa millatlar bilan birgalashib davlat tuzishi milliy suverenitetning amal qilishi hisoblanadi. Davlat hokimiyatining oliyligi, o'sha davlatdagi barcha huquqiy munosabatlarni belgilaganligida, umumiy huquqiy tartibotning o'rnatilganligida hamda davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilanganligida namoyon bo'ladi. Davlatning butun hududida oliy davlat organi tomonidan chiqarilgan Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligi ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.37 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.37 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc