Xalq hokimiyatchiligi- davlat hokimiyatini amalga oshirishning asosiy tamoyili sifatida Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O'zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta'minlashga qaratilgan bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga muvofiq., xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. «O'zbekiston,-deydi Prezidentimiz Islom Karimov-kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu-insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir»1. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tartiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakat demokratik taraqqiyotining strategik yo'nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar taqsimlanishini, davlatning asosiy muassasalari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish idoralarining saylanishini, ko'ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o'zida aks ettiradi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlardayoq, u qanday taraqqiyot yo'lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo'ladi, degan savollar ko'ndalang turardi. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini belgilash lozim edi. Ana shu yo'lni belgilashda O'zbekiston Prezidenti I.Karimov ulkan hissa qo'shdi. I.Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «O'zbekiston-bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li», «O'zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida» nomli asarlarida, shuningdek Respublika parlamentida va boshqa yig'ilishlarda qilgan ma'ruzalari va nutqlarida O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyoti yo'li, demokratik jamiyat qurishning, milliy huquqiy davlat barpo etishning nazariy metodologik, g'oyaviy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy asoslari ishlab chiqildi. O'zbekistonning taraqqiyot yo'li birinchidan, xalqaro tajribaga asoslangan holda, ikkinchidan, xalqimizning milliy xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odatlariga, uchinchidan, Respublikaning o'z imkoniyatlari va shart-sharoitlariga mos ravishda ishlab chiqildi. Bu yo'lga quyidagi asosiy yo'nalishlar asos qilib olindi: -demokratik, odil, fuqarolik jamiyat qurish; -qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish; -milliy davlatchilik tarixi tajribasiga asoslangan huquqiy davlat barpo etish; -qonun va qonunlarga rioya qilish ustunligini ta'minlash; -islohotlarda davlatning tashabbuskor va yetakchilik roli; -ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, xususiy mulk dahlsizligini ta'minlash, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlikka ko'maklashish; -bir mafkuraning yakkahokimligidan voz kechish, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish, hurfikrlik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish; -kommunistik partiya yakka hukmronligiga chek qo'yish, ko'ppartiyaviylikni amalda shakllantirish; -ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish; -hamma uchun umumiy ta'lim olish, mehnat qilish, dam olish shart-sharoitlarini yaratish; -ijodiy mehnatni qadrlash, odamlarning iste'dod va qobiliyatlarini ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.47 KB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.47 KB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc