Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy shakllari: bevosita va vakillik demokratiyasi O'zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo'yiladi. Referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi». Ushbu me'yor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga asoslanganligini yana bir karra yaqqol ko'rsatadi. Xalq hokimiyatchiligi-bu butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqqa tegishli degani. Konstitutsiyaga binoan, xalq hokimiyatni bevosita hamda o'zi saylab qo'yadigan organlari orqali amalga oshiradi. Xalq saylovlar yo'li bilan hokimiyatning vakillik organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referendumlar orqali jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini hal qiladi. Respublikamizda referendum o'tkazish tartibi 2001 yil 9 noyabrda kuchga kiritilgan yangi tahrirdagi «O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi referendumi O'zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. 1995 yil 26 martda o'tkazilgan referendumda Respublikamiz fuqaro-larining faol ishtirokida bir ovozdan yurtboshimiz Islom Karimovning Prezidentlik vakolatlari 200 yilgacha uzaytirildi. 2002 yil 27 yanvarda o'tkazilgan referendumda esa ikki palatali parlament va Prezident vakolati muddatini uzaytirish masalasi qo'yilib, refedrendumda ovoz beruvchilar ro'yhatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari ishtirok etdi. Referendumda qatnashish huquqiga ega bo'lgan aholining 92 % dan ortig'i bu masalani yoqlab ovoz berdi. Bular shuni anglatadiki, Konstitutsiyaning 9-moddasida belgilangan me'yor quruq qog'ozdagina bo'lmay, balki doimo harakatdadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining O'zbekistonda xalq hokimiyatchiligi va uning amalga oshirilishi shakllari xususida ham muhim me'yorlar belgilaydi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq, «O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas». O'zbekiston Oliy Majlisi bevosita xalq tomonidan tashkil etilib, uning vakillik organi hisoblanadi. Unga Qonunchilik palatasi deputatlari xalq tomonidan umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri, yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi. Demak, O'zbekiston xalqi o'z ichidan munosib nomzodlar tanlab, ularni Oliy Majlisga vakil sifatida saylaydi. Ularga vakolat berib qo'yadi va xuddi shu tariqa hokimiyatga egalik qiladi. Biroq faqat shugina emas. Xalqning hokimiyatga egalik qilishi boshqa vositalar orqali ham amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tashkil etilishi, vazifalari, tuzilishi va faoliyati haqida Konstitutsiyaning XVII bobi, 78-88-moddalarida batafsil ko'rsatib berilgan. Biroq, shuni ta'kidlash joizki, 2002 yil 27 yanvarda o'tkazilgan referendum qarorlari asosida 4-5 aprel kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Unda ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.18 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.18 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc