Xalqaro huquq manbalari va normalari tushunchasi

Xalqaro huquq manbalari va normalari tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquq manbalari va normalari tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro huquq manbalari va normalari tushunchasi xalqaro huquq normalari tushunchasi. xalqaro huquqiy munosabatlar. xalqaro huquq manbai tushunchasi. xalqaro huquqning asosiy manbalari. xalqaro huquqni sistemalashtirish kodifikatsiyalash. xalqaro huquq normalari tushunchasi. «Norma» so'zi lotin tilida qoida, rahbariy ko'rsatma, namuna ma'nosini anglatadi. Huquq normasi huquq. subyektlari deb ataluvchi va unda ko'rsatilgan shaxslarning yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalarini bildiradi. Normalarning yuridik majburiyligi shundaki, u bilan belgilangan yurish-turish va xulq-atvor qoidalari majburiy hisoblanadi va lozim bo'lgan taqdirda majburlov choralari orqali ta'minlanadi. Milliy huquqda yuridik normalar davlat tomonidan o'rnatiladi, muhofaza qilinadi va ta'minlanadi. xalqaro huquq normalari - davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan yuridik majburiy deb tan olinadigan xulq-atvor qoidalaridir. xalqaro huquq normalari mazmunini davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining huquq. va majburiyatlari tashkil qiladi. xalqaro huquq subyektining hamda boshqa subyektlarning lozim darajadagi va ehtimolli xulq-atvori to'g'risida fikrlashi mumkin. xalqaro huquq normalari - subyektlarning normalarida ko'zda to'tilgan, zarurat bo'lganda majburlash yo'li bilan ta'minlanadigan yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalaridir. xalqaro huquqning o'ziga hosligi shundaki, uning subyektlari bir-birlaridan hamda majburiy xulq-atvor qoidalarini belgilashi va unga rioya qilinishini ta'minlashi mumkin bo'lgan qandaydir yuqori turuvchi, uchinchi hokimiyat tuzilmasidan mustaqildir. Zero, o'zaro munosabatlarga kirishuvchi davlatlar va ularning birlashmalari ustida ularni o'ziga bo'ysundiradigan qandaydir yuqori turuvchi tuzilma yoki boshqa biron bir hokimiyat yo'q. Barcha xalqaro-huquqiy normalar majmui yagona me'yoriy tizim - xalqaro huquqni tashkil qiladi. xalqaro -huquqiy munosabatlar xalqaro huquq. tomonidan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar - subyektlari o'rtasidagi shunday ijtimoiy munosabatlarki, ular xalqaro-huquqiy tartibga solish obyekti hisoblanadi. Binobarin, bunday munosabatlar xalqaro huquqiy munosabatlar xarakterini kasb etadi. xalqaro huquq milliy huquq. singari subyektlar o'rtasidagi har qanday munosabatlarni emas, balki faqat huquqiy tartibga solish talab qilinadigan qismini tartibga soladi. Bundan tashqari huquq. - xalqaro va milliy huquqlar o'zining ma'lum konservativligi tufayli odatda vujudga keladigan huquqiy tartibga solish talabidan orqada qoladi. xalqaro-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar xarakteriga ega bo'ladi. xalqaro huquq subyektlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishish bilan o'z huquq. va majburiyatlarini amalga oshiradilar. xalqaro huquqiy munosabatlar turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va xalqaro huquqiy normalarning turli-tuman bo'lishini belgilaydi. Bir turdagi xalqaro munosabatlarni muayyan guruhlarga ajratish mumkin, bu o'z navbatida xalqaro huquq. institutlari va tarmoqlarini tashkil qiluvchi bir turdagi xalqaro huquqiy normalar guruhi va majmui (kompleksi) mavjudligini bildiradi. xalqaro-huquqiy institut - bir turdagi xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi, ushbu munosabatlarning umumiy obyekti bilan o'zaro yaqin aloqador bo'lgan huquqiy normalar guruhidir. Huquqiy normalar va institutlar xalqaro huquq. tarmog'iga birlashadi. Barcha bir turdagi xalqaro munosabatlar majmui tarmoq obyekti hisoblanadi. Ularni tashkil qilishning yagona yo'li ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.04 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.04 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga