xalqaro huquq tamoyillari xalqaro huquq tamoyillari tushunchasi va o'ziga hos xususiyatlari. Davlatlarning suveren tengligi tamoyili. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid kilmaslik tamoyili. Davlat chegaralarining daxlsizligi tamoyili. Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili. xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan xal etish tamoyili. Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili. Inson huquqlarini xurmat qilish tamoyili. Xalqlar va millatlarning o'z takdirini o'zi belgilashi tamoyili. Davlatlarning xalqaro hamkorlik tamoyili. xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish tamoyili. xalqaro huquq tamoyillari tushunchasi va o'ziga hos xususiyatlari Huquq tamoyili - vokelikning obyektiv tartibi, ijtimoiy amaliyot, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarining me'yoriy in'ikosidir. xalqaro huquq tamoyillari - ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo'lib, huquq subyekglari xatti-harakatining rahbariy qoidalari hisoblanadi. xalqaro huquqning bir qator me'yorlarini, garchi ular xalqaro huquq me'yorlari bo'lsa-da, tamoyillar deb nomlanadi. Biroq, ularning ba'zilari azaldan tamoyillar deb nomlangan, ba'zilari esa xalqaro-huquqiy tartibga solishda tutgan ahamiyati bois shunday deb atala boshlangan. Shu bilan birga xalqaro huquqiy tartibotni ta'minlashda xalqaro hamjamiyat uchun o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan va umumiy xarakter kasb etuvchi alohida tamoyillar ham mavjud. Tamoyillar ichida hozirgi davr xalqaro huquqiy tartibotining asosini tashkil etuvchi xalqaro huquqning asosiy tamoyillari ajralib turadi. Davlatning qandaydir asosiy tamoyilni bo'zishi xalqaro hamjamiyat tomonidan butun xalqaro huquqiy tartibotga tajovo'z qilish deb tushunilishi mumkin. xalqaro huquq tamoyili - avvalambor xalqaro huquq me'yoridir. Huquq tamoyillaridan huquqiy ong tamoyillarini, ya'ni kishilar, ijtimoiy harakatlar, siyosiy partiyalar va xoka'zolarning subyektiv tasavvurlarini farqlash lozim. Huquq subyekglari uchun xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish katyiyan majburiydir. xalqaro huquq tamoyilini ijtimoiy amaliyotni o'zgartirish orqaligina bekor qilish mumkin. Bu esa alohida davlatlar yoki davlatlar guruhi imkoniyati doirasida emas. Shuning uchun har bir davlat xalqaro huquq tamoyillarini bo'zish orqali ijtimoiy amaliyotni «to'zatish»ga qaratilgan har qanday bir tomonlama tartibdagi urinishlarga o'z munosabatini bildirishi lozim. xalqaro huquq tamoyillari odatiy va shartnoma usullari orqali shakllanadi. Ular bir paytning o'zida ikki xil funksiyani bajaradi: birinchidan, xalqaro munosabatlarni ularning ma'lum me'yoriy doiralar bilan chegaralash orqali barqarorlapshshiga kumaklashadi; ikkinchidan, xalqaro munosabatlar amaliyotida vujudga keladigan barcha yangi holatlarni mustahkamlaydi. xalqaro huquq tamoyillarining o'ziga hosligi ularning universalligidir. Ya'ni xalqaro huquqning barcha subyekglari tamoyillarga katyiyan rioya qilishlari lozim, chunki mazkur tamoyillarni har qanday tarzda bo'zish mukarrar ravishda xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilishga olib keladi. xalqaro huquq tamoyillari bugun xalqaro-huquqiy me'yorlar tizimining qonuniylik mezoni hisoblanadi. xalqaro huquqning asosiy tamoyillari BMT Ustavida mustahkamlangan. BMT Ustavi tamoyillari jus cogens xarakterini kasb etishi keng tan olingan, ya'ni ular davlatlar tomonidan bekor qilinishi mumkin bo'lmagan oliy darajadagi majburiyatlarsanaladi. xalqaro huquqda uning umume'tirof etilgan tamoyil va ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.75 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.75 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc