xalqaro huquqda aholi xalqaro huquqda aholi tushunchasi. xalqaro huquqda fuqarolik. Fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish usullari. Ikki fuqarolik va fuqarosizlik. xalqaro huquqda qochoqlar. xalqaro huquqda ko'chirilgan shaxslar. Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi. Davlatga kirish va undan chiqib ketish tartibi. Siyosiy boshpana tushunchasi va uni berilishi oqibatlari. xalqaro huquqda aholi tushunchasi «Aholi» atamasi xalqaro huquqda u yoki bu muayyan davlat hududida o'sha vaqtda yashab turgan shaxslar majmui tushuniladi. Har qanday davlatning aholisi quyidagi uch kategoriyadan: birinchidan, ushbu davlat fuqarolaridan; ikkinchidan, chet elliklardan; uchinchidan, fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan tashkil topadi. Bundan tashqari ayrim o'rta kategoriyalar (masalan, ikki fuqarolikka ega bo'lgan shaxslar) ham mavjud. Aholiga bevosita va bilvosita taallukli bo'lgan, xususan, fuqarolik, jinoyatchini ushlab berish, inson huquqlari, chet ellik fuqarolarning rejimi masalalari bo'yicha qator xalqaro huquq normalari, shartnomaviy va odat normalari mavjud. xalqaro huquqda fuqarolik Fuqarolik - jismoniy shaxsni davlat bilan, ularni o'zaro huquq va majburiyatlari majmuida aks ettiriladigan barqaror huquqiy aloqalaridir. Fuqarolik masalalari asosan davlatning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Fuqarolik - davlatchilik bilan uzviy bog'liq bo'lgan tushuncha. Fuqarolik to'g'risidagi qonunning yo'qligi fuqarolikning o'zi yo'qligini anglatmaydi. Binobarin, har bir davlat bu borada mustaqil ish ko'radi, shu bois turli davlatlarning fuqarolik to'g'risidagi qonunlarining to'qnashuvi (kolliziyasi) muqarrardir. Bunday kolliziyalarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun davlatlar ko'proq xalqaro shartnomalar tuzadi, ya'ni xalqaro huquqning tegishli normalarini ishlab chiqadi. Fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish usullari. Fuqarolikka ega bo'lish yo'li ikki katta guruhga bo'linadi: birinchi guruh - umumiy tartibda fuqarolikka ega bo'lish usulini qamrab oladi; ikkinchisi - istisno tariqasida fuqarolikka ega bo'lishdir. Umumiy tartibda fuqarolikka ega bo'lish usuli milliy davlatlar qonunchiligi uchun ozmi-ko'pmi odatiy va barqaror qoida hisoblanadi. Ularga fuqarolikka ega bo'lishning quyidagi usullari kiradi: birinchidan, tug'ilish natijasida; ikkinchidan, naturalizatsiya (fuqarolikni qabul qilish) natijasida; uchinchidan, in'om etish natijasida. Fuqarolikka istisno tariqasida: birinchidan, guruh bo'lib fuqarolikka ega bo'lish yoki jamoa bilan naturalizatsiya; ikkinchidan, optatsiya yoki fuqarolikni tanlash; uchinchidan, reintegratsiya yoki fuqarolikni tiklash yo'li bilan ega bo'lish mumkin. Tug'ilishdan fuqarolikka ega bo'lish - fuqarolikka ega bo'lishning eng oddiy tartibidir. Davlatlarning milliy qonunchiligi ushbu masala bo'yicha ikki tamoyildan: qon huquqi (jus sanguinis) yoki tuproq huquqi (jus soli)dan biriga asoslanadi. Yuridik adabiyotlarda qon huquqi asosida fuqarolikka ega bo'lishning kelib chiqishi asosida fuqarolikka ega bo'lish deb ham yuritiladi. Qon huquqi shaxs tug'ilgan joyidan qat'i nazar, ota-onasining fuqaroligiga ega bo'lishini bildiradi; tuproq huquqida - shaxs ota-onasining fuqaroligidan qatyi nazar, qaysi davlat hududida tug'ilgan bo'lsa, o'sha davlat fuqaroligiga ega bo'ladi. Ko'p davlatlar qon huquqiga rioya qiladilar. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi ham asosan qon huquqiga ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.52 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.52 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc