xalqaro huquqda javobgarlik xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chiqish asoslari va uni amalga oshirish xalqaro jinoyat tushunchasi xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi xalqaro jinoyat sodir etgan xalqaro tashkilotlarning javobgarligi xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi Javobgarlik - xalqaro huquqning eng qadimiy institutlaridan biridir. Biroq, ushbu institutning huquqiy me'yorlari hanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy me'yorlarga asoslanadi. xalqaro-huquqiy javobgarlik - huquqbuzarlik subyektining xalqaro huquqni boshqa subyektiga yetkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo'yicha yuridik majburiyatlaridir. xalqaro huquqbuzarlik xalqaro qilmishlarga va xalqaro jinoyatlarga bo'linadi. xalqaro jinoyatlarga xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jahon hamjamiyati tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan alohida xavfli qilmishlar kiradi. xalqaro huquqda shakllangan umumiy tamoyilga ko'ra xalqaro g'ayrihuquqiy qilmishlar xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me'yorlar asosan xalqaro shartnomalarda o'z aksini topgan, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiqlangan. xalqaro huquqda xalqaro javobgarlik deganda huquq me'yorlaridan kelib chiqadigan subyektiv majburiyatlarini buzgan, ya'ni xalqaro huquqqa xilof xatti-harakat sodir etgan subyekt uchun noqulay salbiy yuridik oqibatlar tushuniladi. xalqaro huquq me'yorlari ichki davlat huquqi me'yorlari singari uch elementdan: birinchidan, belgilangan xulq-atvor qoidalari shart-sharoitini anglatuvchi gipotezadan; ikkinchidan, ushbu qoidalarni ifodalovchi dispozitsiyadan; uchinchidan, ushbu qoidalarni buzgan subyekt uchun vujudga keladigan salbiy oqibatlar uchun ko'zda tutilgan sanksiyadan iborat. xalqaro-huquqiy javobgarlik - xalqaro-huquqiy me'yorlarda nazarda tutilgan subyektiv majburiyatlarni buzish va ushbu me'yorlarda belgilangan sanksiyalarni qo'llash natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlardir. Sanksiya me'yorlarning zaruriy elementi ekanligi to'g'ridan--to'g'ri ma'noda, huquqning har bir alohida me'yorida muayyan sanksiya ko'rsatilishi sifatida tushunilmasligi lozim. Bu milliy huquq uchun ham, xalqaro huquq uchun ham birdek tegishlidir. xalqaro huquqda xalqaro javobgarlik me'yorlari tizimi uni huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarning barcha sohalariga oid bo'lgan umumiy institutlaridan birini tashkil qiladi. xalqaro huquqda eng avvalo davlatlarning xalqaro javobgarligi xususida so'z boradi. 1969 yildan BMTning xalqaro huquq komissiyasi tegishli me'yorlarni kodifikatsiya qilish bilan shug'ullanib kelmoqda. Davlatning har qanday xalqaro huquqqa xilof qilmishi ushbu davlatning xalqaro javobgarligini keltirib chiqaradi. Quyidagi holatlar mavjud bo'lganda davlatning xalqaro huquqqa xilof qilmishi: birinchidan, harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo'ladigan qandaydir xulq-atvor xalqaro huquqqa muvofiq davlatga tegishli bo'lganda va, ikkinchidan, bunday xulq-atvor ushbu davlatning xalqaro majburiyatlarini buzish hisoblanganda ayon bo'ladi. xalqaro huquqiy munosabatlarda davlatlar yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan huquqiy asosda (o'z xalqaro majburiyatlariga rioya qilish bilan) yoki huquqqa xilof (majburiyatlarini buzish bilan) faoliyatni amalga oshiradi. Har qanday davlat organining xatti-harakati ushbu davlatning ichki huquqi asosida shunday maqomga ega bo'lsa ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.98 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.98 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc