xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari. xalqaro shartnoma tushunchasi va uning yuridik tabiati. xalqaro shartnoma obyekti va maqsadi. xalqaro shartnomalarni tasniflash (klassifikatsiyalash). xalqaro shartnoma shakli, tuzilishi va nomi. xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va harakat tartibi. xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi. xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va harakatining to'xtatilishi. xalqaro shartnoma ijrosini ta'minlash usullari. Davlatlarning xalqaro shartnomalarga nisbatan huquqiy vorisligi xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida sohasi bo'lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, ularning harakati va ularni bekor qilish borasida davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o'rtasidagi munosabatlarning tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy me'yorlar yig'indisini tashkil qiladi. xalqaro shartnoma shartnoma tomonlarining o'zaro huquq va burchlarini aniq, va ochiq-oydin belgilab berish uchun tuziladi. xalqaro munosabatlarning shartnomalarga asoslanib mustahkamlanishi xalqaro huquqiy tartibot barqarorligini ta'minlaydi. xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari xalqaro huquq subyektlaridir. Uzoq vaqt davomida xalqaro shartnomalar huquqining birdan-bir yagona manbai xalqaro odat bo'lib kelgan. 1986 yilda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvetsiyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya xalqaro huquqning ijobiy (progressiv) rivojlanishi va kodifikatsiyalashtirilishining natijasi bo'lib, xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalarning o'ziga xosligini inobatga oluvchi qoidalarni ifodalaydi. xalqaro shartnomalar huquqi - xalqaro huquqning alohida sohasidir. Mazkur huquq sohasi nisbatan mustaqil me'yorlar majmui va tizimidan iborat bo'lib, tartibga solish predmetining umumiyligiga (birligiga) asoslangan. Ushbu holatda shartnomalarni tuzish va ijro etish huquq sohasining predmeti hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalqaro shartnomalar huquqi asosan quyidagi uch universal konvensiyalarda kodekslashtirilgan: birinchisi - xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasi (1969 yil). ikkinchisi - Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar to'g'risidagi Vena konvensiyasi (1986 yil). uchinchisi - Davlatlarning shartnomalarga nisbatan huquqiy vorisligi to'g'risidagi Vena konvensiyasi (1978 yil). Mazkur uchala konvensiyalar o'z matnlarida konvensiyalar davlatlarning xalqaro javobgarligi hamda davlatlar o'rtasidagi harbiy harakatlarning boshlanishidan kelib chiqadigan oqibatlar bilan bog'liq qoidalarga ega emasligini uqtiradi, ya'ni ushbu qism bo'yicha boshqa xalqaro-huquqiy me'yorlarga havola qiladilar. xalqaro shartnoma tushunchasi va uning yuridik tabiati xalqaro shartnomalar to'g'risidagi 1969 yilgi Vena konvensiyasi qoidalariga ko'ra, xalqaro shartnoma - davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o'rtasida bir, ikki yoki bir-biri bilan bog'liq bo'lgan bir necha hujjatlarda mujassamlashganligidan hamda uning aniq nomidan qat'i nazar yozma shaklda tuziladigan xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitim hisoblanadi. xalqaro tashkilotning shartnomalar tuzish huquqiy layoqati Ushbu tashkilot qoidalari bilan tartibga solinadi. Agar davlatlarning xalqaro shartnomalar tuzishga nisbatan huquq layoqati cheklanmagan va ular har qanday masalalar bo'yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega bo'lsa, xalqaro tashkilotlarning shartnoma tuzish huquq layoqati ularning ta'sis hujjatlari bilan belgilanadi «xalqaro shartnoma» - davlatlar va ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
394 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
394 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc