Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi

Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi Reja: 1. Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari. 2. Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi. 3. Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi. 4. Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi. Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari XIV asrning II yarmi - XV asrning boshlarida Amir Temur o'zining buyuk imperiyasiga asos soldi. Movarounnahrda uzoq vaqt hukm surgan feodal tarqoqlikka chek qo'yilib, nisbatan naarkazlashgan kuchli davlat tashkil etildi. Yakka hokimlik shaklida idora etiluvchi mazkur davlatning tepasida monarx - yakka hokim - amir turar edi. Davlat boshlig'i - amir hokimiyati cheklanmagan. U qonunlar chiqargan, o'zi ularni bekor qilgan. Davlatdagi hamma mansablar amir tomonidan ta'sis etilgan. Amir barcha mansabdor shaxslarni tayinlagan va bo'shatgan. Amir mamlakat harbiy qo'shinlarining yagona qo'mondoni hisoblangan. «Temur tuzuklari»ning «Saltanatni o'z erkimda saqlash uchun amal qilgan tuzugim» deb nomlangan maxsus bobida quyidagi ko'rsatmalar mavjud: «raiyat podshosining aytgan so'zini, qilgan ishini o'zi aytadi, o'zi qiladi, hech kirn bunga aralasha olmaydi, boshqalar saltanat ishlarida podshohga sherik, yoxud ustun bo'lmasliklari shart Butun mamlakatda buyruq-farmon berish ishlari, podshoning o'z ixtiyorida bo'lishi lozim. Podshoh bar ishda o'zi hukm chiqarsin, toki hech kirn lining hukmiga aralashib, o'zgartira olmasin Podshoh hukmi joriy etilishi darkor, ya'ni qanday hukm chiqarishidan qat'iy nazar, amalga oshirilishi shart Biron kimsa unga monelik qilolmasin Saitanat ishlarida, hukm yurgazishda podshoh o'zini yagona bilib, hech kimni o'ziga saltanat sherigi qilmasin».' Shu tariqa, amir davlat hayotining barcha masalalarini mustaqil hal qilgan va cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan. Amir Temur davlatni idora qilishda adlu adolat, qonun ustuvorligiga asoslanib ish ko'rishga, fuqaro manfaatlarini ko'zlab siyosat yurgizishga alohida e'tibor berdi. Mamlakat hayotiga daxldor har bir katta-kichik masalada o'ziga yaqin tutgan xos kishilar, dinu ilm ahllari, har sohaning bilimdon vakillari bilan maslahatlashib, kengashib faoliyat yuritdi. Uning aql-zakovati va donishmandligi mahsuli bo'lgan «Tuzuklar»da buyuk davlatni boshqarishning barcha asosiy tamoyillari, yo'1-yo'riqlari har jihatdan asoslab berilgan edi. Taniqli xorijlik olim D. Logafetning yozishicha, «Yevropada konstitutsiya haqida oddiy tushunchaga ham ega bo'lishmagan davrlarda uning davlatida konstitutsiyaviy qonunlar majmuasi - «Tuzuk» mavjud bo'lgan». «Temur tuzuklari»da davlat tuzilishining asosiy bo'g'inlari, ularning vazifa, funksiyalari, vazirlarning faoliyatlari, turli xil ijtimoiy guruhlar, tabaqalarga munosabat, qo'shin tuzilishi, davlatning moliya va soliq siyosati, mulkiy munosabatlar hamda shu singari dolzarb masalalar, ularni hal etish yo'llari aniq-ravshan ifodalangan. Shuningdek, «Tuzuklar»da har bir masalani hal etishda, voqea, hodisalarni tahlil etganda, xolis ko'z bilan yondashish, fuqaro ahliga jabr qilmaslik, yurtga xiyonat etmaslik, dinu diyonatga, qonun ustuvorligiga qat'iy amal qilish, adolat va haqiqat mezonlari bilan faoliyat yuritish lozimligi qayta-qayta ta'kidlab o'tilgan. Bular Sohibqironning nechog'liq yurtparvar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.39 KB
Ko'rishlar soni 287 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.39 KB
Ko'rishlar soni 287 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga