Buxoro va xiva xonliklarining sho'rolar tomonidan bosib olinishi va boshqaruv tizimi Reja: 1. Xivada sovet hokimiyatining o'matilishi va yangi davlat organlarining ta'sis qilinishi. 2. Buxoroda sovet hokimiyatining o'matilishi va yangi davlat apparatining tashkil qilinishi. 3. Xorazm .Xalq Sovet Respublikasi davlat tuzumi. 4. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davlat tuzumi. Xivada sovet hokimiyatining o'rnatilishi va yangi davlat organlarining ta'sis qilinishi 1917-yil oktabrda Rossiyada amalga oshirilgan harbiy to'ntarish va Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, ayniqsa o'lka xalqlarining istiqlol uchun, milliy-ozodlik uchun muqaddas kurashga otlanishlari Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududidagi xalqlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. 1868-yilda Rossiya bilan Buxoro amirligi va 1873-yilda Rossiya bilan Xiva xonligi o'rtasida imzolangan bitimlarga asosan har ikkala davlat Rossiyaning yarim mustamlakasi -- vassallari hisoblanardi. Ular chet el davlatlar bilan mustaqil sur'atda biror-bir sohada aloqa qila olmas edilar. Buxoro amirligi va Xiva xonligida monarxistik tuzum hukmron edi, ya'ni amir va xon o'z hududlarida cheklanmagan hukmronlik mavqeyig11 ega bo'lgan, Buxoro va Xiva hududlari ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotda juda orqada edi. Bu yerda sanoat ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emas. 1912-1913-yillarda Xiva xonligidagi turkmanlarning chiqishlari, 1916-yiIi Jizzax qo'zg'oloni ta'sirida Buxoro amirligining Murg'ob, Vobkent, Yakkatut, G'ijduvon, Bahovuddin, Ziyovuddin, Xatirchi va boshqa muzofotlarida yuz bergan qo'zg'olonlar bunga yorqin misol ho'la oladi. Ayniqsa Xiva xoni Asfandiyorxonning jabr-zulmidan xalq qattiq azob va musibat chekkan, ochlik va qashshoqlik misli ko'rilmagan darajada kuchaygan. 1914-1918-yillarda yuz bergan jahon urushi, 1917-yilda Rossiyada amalga oshirilgan fevral burjua-demokratik inqilobi, undan keyingi oktabr harbiy to'ntarishi, va nihoyat, Turkiston o'lkasidagi milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatlarining oqibatlari natijasida iqtisodiy hayot keskin tus oldi. Har ikkala davlat hududida iqtisodiy tanglik kuchaydi, narx-navo mislsiz darajada ko'tarildi, qashshoqlik, ochlik avj oldi, paxta ekin maydonlari keskin qisqarib ketdi. Natijada sabr kosasi to'lib-toshgan xalq o'z-o'zidan ixtiyorsiz ko'cha jangiga otilib keta boshladi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida sodir bo'layotgan xalq kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etdi. Buxoro va Xiva jadidlari unchalik keskin bo'lmasa-da, isloh qilish tarafdorlari bo'lib maydonga chiqdilar. Hududiy jihatdan yagona bo'lgan O'rta Osiyoda jadidchilik harakati bir vaqtda paydo bo'lgan bo'lsa-da, o'z oldiga qo'ygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yo'nalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston jadidlari o'z oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston o'lkasini Rossiya mustamlaka-chilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo'ygan bo'lsalar, Buxoro va Xiva jadidlari hokimi mutloq, o'z monarxlari bo'lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Buxoro va Xiva xalqlari mustamlakachilik zulmini o'z boshidan to'liq kechirmadilar. Chunki Rossiyaga yarim mustamlaka, yarim qaram bo'lsa-da, Buxoro bilan Xiva o'z ichki mustaqilligini saqlab ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:55 ]
Arxiv ichida: doc