Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish mexanizmi

Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyati va uni amalga oshirish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

DAVLAT XOKIMIYATI VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI Asosiy so'z va tayanch tushunchalar: Davlat xokimiyati, siyosiy xokimiyat davlat mexanizmi, xokimiyat vakolatlarining bo'linish printsipi, davlat apparati, davlat idorasi, davlat organi. Reja: 1.Davlat hokimiyatining mohiyati va asoslari. 2.Davlat hokimiyatining tuzilishi va uni amalga oshirish usullari. 1.Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari. Davlat hokimyati-bu zo'rlikka asoslangan siyosiy hokimiyat bo'lib u jamiyatda turli millat va guruhlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarga rahbarlik qilishni amalga oshiradi. Davlat hokimyati bu ijtimoiy hodisa bo'lib, u davlat hududida kishilar o'rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, uning vazifalarini amalga oshirib, davlatni ichki va tashqi hujumlardan himoya qiladi. Davlat vazifalarini amalga oshirishda halqning irodasini huquq va huquqiy normallarda ifodalab, ularning bajarilishi barcha uchun umummajburiy bo'ladi. Bu normallar davlatning zo'rlik kuchi bilan amalga oshiriladi. Jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va madaniy rahbarlik qilish jarayoni murakkab bo'lib davlat hokimyati davlat mehanizmi unga kiruvchi davlat apparati (davlat organlarining yigнndisi) va korhonalari orqali amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati munosabatlarining tuzilishi quyidagilardan iborat: 1) Davlat hokimiyatining sub'ektlari (turli sinflar, millat, guruh, tabaqalar va fuqarolar). 2) Davlat hokimiyat munosabtlarining ob'ekti (halqning birlashmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasa va korhonalar). 3) Davlat hokimiyat munosabatlarining mazmun-sub'ektlarini davlatni idora etish majburiy va ishontirish usullari. Davlat hokimyati siyosiy hokimyat bo'lib, quyidagi belgilarga ega. 1. Davlat hokimyati bu- zo'rlikka asoslangan bo'lib mahsus kishilar davlatni boshqarish bilan shug'ullanadi. Bu hokimiyat kishilar o'rtasida turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy ijtimoiy munosabatlarni amalaga oshiradi. 2. Davlat hokimiyati davlat mehanizmidan iborat bo'lib, bu murakkab tuzilishga ega. Chunki bu mehanizm barcha davlat organlari muassasalari va korhonalarni o'zida birlashtiradi. Bular bir-biri bilan o'zviy bog'lh bo'lib, hokimiyatni amalga oshirib, davlat zo'rlik kuchiga asoslanadi. 3.Davlat mexanizmiga kiruvchi tarkibiy qismlar -davlat organlari muassasalari va korxonalari ma'muriy va xududiy belgilarga qarab tuziladi. 4.Davlat mexanizmiga kiruvchi bu tarkibiy qismlar o'z a'zolarini - ya'ni fuqarolarning xuquq va burchlarini amalga oshiradi va kafolatlaydi. Davlat xokimiyatining moxiyati va xususiyatlari uning siyosiy va sinfiy tabiatida ko'rinadi. Shuning uchun yuridik adabiyotda «davlat xokimiyati» va «siyosiy xokimiyat» iboralari bir xil ma'noni bildiradi. Davlat xokimiyati-bu siyosiy va sinfiy harakterga egadir. Uning sinfiyligi qarama-qarshi sinflarga bo'lingan jamiyatlarga (quldorlik, feodal) xosdir. Davlat xokimiyati iqtisodiy va siyosiy jixatdan xukmron sinf qo'lida edi. Davlat xokimiyati - xukmron sinf quldorlar, feodallar manfaati uchun xizmat qiladi. Demokratik jamiyatda davlat xokimiyati xukmron sinf manfaatlarini ifodalamasdan, barcha sinf millat, elat, tabaqalarlar va xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi. Davlat xokimiyati moxiyatiga ko'ra demokratik (xalq xokimiyati) va gayri demokratik xokimiyatlarga bo'linadi. Demokratik xokimiyat-bu xalqning barcha millat, elat, tabaqalar va guruxlarning davlat vakolati organiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga