Davlat hokimiyatining vakillik va o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fan tushunchasi

Davlat hokimiyatining vakillik va o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fan tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyatining vakillik va o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fan tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

«Davlat hokimiyatining vakillik va o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish» fani tushunchasi «Davlat hokimiyatining vakillik va o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish» fanining predmeti, fanning o'rganish uslubi, fanning tizimi, fanning manbalari, fanning boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro munosabati. O'zbekiston Respublikasidagi yuridik oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bo'yicha «Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fanini o'qitish mo'ljallangan. O'zbekiston mustaqillikka erishmasdan oldin mazkur fan «Sovet qurilishi» deb atalar edi. Sovetlar ishlovchi korporatsiyalar sifatida qonun qabul qilish, boshqarish va nazorat birligini ta'minlashi lozim edi. Bundan savol kelib chiqishi tabiiy: saylab qo'yiladigan vakillik organi qanday qilib ham qonun qabul qilishi, ham uni ijro etishi mumkin? Bu ikki yo'nalishdagi vakolatlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar, professional apparat kerak. Qisqasi, qonun qabul qilish faoliyatini ijroiya hokimiyati bilan qo'shib olib borish mumkin emasligini bizga yaqin tariximiz isbotladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat rasman Oliy Sovetlarda mujassamlashgan bo'lsa ham, ijroiya hokimiyati qonun chiqaruvchi organlarga o'z erkini o'tkazar va sovetlar tomonidan nazorat qilinishi haqida gap ham bo'lishi mumkin emas edi. Sovetlar nazoratidan chiqqan ijroiya hokimiyati keyinchalik ma'muriy - buyruqbozlik va markazlashgan byurokratik tizim deb atala boshlandi. Xullas, Sovetlar ishlovchi korporatsiyalar degan nazariyaning zamini bo'sh va u tajribada ham o'zini oqlamagan ekan, vakillik organlarining taqdiri nima bo'ladi, degan savol tug'iladi. Bu masala, ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng dolzarb muammoga aylandi. Demokratiya rivojlangan fuqarolik jamiyatlarida hokimiyatning bo'linish tamoyiliga asoslangan huquqiy davlat qurishga o'tilgan. Hokimiyat nisbatan mustaqillik asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov aslarida O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilib qo'yiladi. Mustaqil O'zbekis-tonning birinchi Konstitutsiyasida O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asos-lanadi, deb belgilandi. Respublikadagi vakillik organlarining tizimi ana shu uchta hokimiyatdan biriga qo'shildi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq vakillik organlarining eng yuqori bosqichi - Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Respublikada hokimiyatning bo'linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar qilindi. O'zbekiston Respublikasining mustaqil-likka erishishi va demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo'lsa, ikkinchi muhim vazifa Respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitlariga mos keladigan tizimini yaratish edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning, yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang, degan ko'rsat-malariga amal qilib, vakillik organlarining viloyat, tuman va shahar bo'g'inlari saqlanib qolindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.11 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.11 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga