Davlat tipologiyasi Tipologiya - juda turli xil belgilarga ega bo'lgan favqulodda murakkab va serqirra hodisadir. Bu holat uni tasniflashning turli tizimlarini yaratish imkonini beradi. Tarixiy yondashuv qadimgi, o'rta asr va hozirgi zamon davlatlarini ajratib ko'rsatishni taqozo etadi. Tarixiy va madaniy rivojlanish tarixiga qarab esa, ular dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi va sanoat bilan shug'ullanuvchi davlatlar (Yoki hindutrial taraqqiyotgacha, hindutrial va posthindutrial davlatlar)ga bo'linishi mumkin. sivilizatsiya xarakteriga ko'ra, davlatlar sharqiy, g'arbiy va aralash (oraliq) davlatlarga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo'yicha esa, yuksak rivojlangan, o'rtacha rivojlangan hamda «kambag'al» davlatlarga ajratiladi. Mazkur tasniflarning aksariyati davlatdan ko'ra ko'proq jamiyatni tavsiflaydi. Buning ajablanadigan joyi yo'q. Chunki mazkur tasniflarning birortasi ham davlatni boshqa hodisalardan ajratib turgan bosh omil - siyosiy hokimiyatni amalga oshirishni inobatga olmaydi. Shu bois, tasniflashning hokimiyat munosabatlari, yani hokimiyatning mohiyati, uning sinfiy (ijtimoiy) taalluqliligini tavsiflashga asoslangan turlari ham muhim ahamiyatga molikdir. Tasniflashga ayni shunday yondashuv hozirgi zamon faniga xosdir, boz ustiga bunday yondashuv davlatning tarixiy tiplari tushunchasiga asoslanadi. Davlatni tasniflashning Yana ko'plab turli xil tizimlarini keltirish mumkin. Biroq, shuni takidlash joizki, hozirgi vaqtda davlatni tiplarga ajratishda asosan ikkita - formatsiyaviy va madaniy (tsivilizatsion) yondashuv mavjud. Yaqin vaqtlargacha formatsiyaviy yondashuv mumkin bo'lgan yagona va ilmiy yondashuv sifatida etirof etib kelinardi. Zero, u davlat tipi to'g'risidagi masalaga bo'lgan marksistik munosabatni ifodalardi. Uning mohiyati shundaki, davlat xilini belgilashda tarix ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar almashinuvining tabiiy-tarixiy jarayoni sifatida tushuniladi. Bu formatsiyalarning har biriga mos o'z davlat tipi bo'ladi. Bularga quldorlik, feodal, burjua va sotsialistik davlat tiplari kiradi, deb uqtirilardi. Formatsiyaviy (Yoki uni sinfiy deb ham atashadi) yondashuvga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo'ladi va bu davlatning tarixiy bir tipidan boshqa, undan yuqoriroq tipiga o'tishni taqozo etadi. Bir yo'la shuni ham qayd etish joizki, mazkur tipologiya juda tor manodagi sinfiy yondashuvga asoslangan. Biroq, fikrimizcha, biron-bir nuqtai nazarga bepisand qarash mumkin emas. Chunonchi, quldorlik va feodal davlat tiplarining paydo bo'lishi va rivoj topishini ilmiy asosda tushuntirishda ushbu masalalarning markscha talqini muayyan rol o'ynagan. Bu yondashuv, shuningdek, XIX asr o'rtalariga to'g'ri keluvchi davlatning burjua tipini ham to'g'ri tavsiflab berdi. Shu vaqtga kelib, sanoat kapitalizmining shakllanishi nihoyasiga etgan va unga xos bo'lgan burjuaziya bilan proletariat o'rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, sinfiy kurashning keskinlashuvi yuz berdi. Lekin davlat va uning tipologiyasiga marksistik yondashuvning bunday muvofiqligi 1917 yil Oktyabr to'ntarishigacha davom etgan edi. «Klassiklar»ning kapitalizmning chirib borishi va haloqati to'g'risidagi bashoratlariga kelsak - ular o'zini oqlamadi. Kapitalistik tuzum Rossiyadagi inqilob bergan siyosiy zarbaga bardosh beribgina qolmay, 20-yillar oxiri va 30-yillarning boshlaridagi chuqur iqtisodiy inqiroz sharoitlari mashaqqatlaridan ham ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
420 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
420 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:00 ]
Arxiv ichida: doc