Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o'rganish tamoyillari va metodlari

Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o'rganish tamoyillari va metodlari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o'rganish tamoyillari va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o'rganish tamoyillari va metodlari Har qanday fan nafaqat o'z predmeti doirasiga, balki o'z metodlariga ham ega bo'lishi lozim. «Metodologiya» so'zi yunoncha «metodos» so'zidan olingan bo'lib, aynan manosi «biron narsani o'rganish yo'li» demakdir. Metod bu - umumiy manoda maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda izga solingan faoliyatdir. Metod bu - maxsus manoda bilish vositasi, o'rganiladigan mavzuni tafakkurda hosil qilish yo'lidir7. Bu yerda shuni takidlash joizki, davlat va huquq nazariyasi metodologiyasi to'g'risidagi masala bir qator jiddiy muammolarni hal etish bilan bog'liqdir. Bu holat yaqin-yaqingacha fanda barcha metodlar umumiy-universal va shuning uchun barcha fanlar, bilim sohalari, o'quv darsliklariga xos hamda umumiy bo'lmagan - alohida metodlar bo'lib kelgani bilan izohlanadi. Kommunistik mafkura hukmronlik qilgan davrlarda dialektik-materialistik metodlar umumiy va ayni paytda eng to'g'ri metod deb hisoblab kelindi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik jamiyatshunos olimlarning marksizm-leninizmning o'ziga ham, uning davlat-huquqiy hodisalar va jarayonlarni tasvirlash, tushuntirish va istiqbolni aytib berishdagi qobiliyatiga ham qarashlari tubdan o'zgardi. Mazkur o'zgarishlar ko'pqirrali xarakterga ega. Ularning ayrimlari butun jamiyatshunoslikning umumiy metodologik inqirozi bilan bog'liq. Bazilari butun ilmiy bilimlar sohasidagi chinakam tub o'zgarishlarni aks ettiradi. Bunda davlat va huquq nazariyasi dialektik-materialistik tushunchalar o'rniga asta-sekin sinergetikadan, g'ayriixtiyoriy, o'z-o'zidan tashkil topadigan, tasodifiy jarayonlar to'g'risida shakllanayotgan yangi fandan kelib chiqadigan metodologiyani o'ziga singdirib yuborishi ko'zda tutiladi. Bunda mazkur o'zgarishlar tobora ko'proq muxlislarni o'ziga tortayotgininigina emas, balki jamiyatshunoslarning hech mubolag'asiz bir ondayoq o'z nazariy qarashlarini o'zgartirishga majbur qilayotgan hujumkor xarakterini ham qayd etmaslik mumkin emas. Misol tariqasida A.B.Vengerov kabi mashhur huquqshunosni olib ko'raylik. O'zining 1995 yilda yozgan darsligida materialistik dialektika to'g'risida gapirarkan, u: «agar ushbu metod yordamchi, juziy, ikkinchi darajali deb qaralgan boshqa barcha metodlarga zid bo'lmasa» - undan bemalol foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. 1996 yilda chop etilgan o'zining shu nomdagi darsligida u shunday yozadi: «Sinergetika hozirdayoq dunyoning o'z tuzilishi asoslaridagi zaruriy (qonuniy) va tasodifiy hodisalarni tushunishni tubdan o'zgartiruvchi, dunyoni yangicha ko'rish, yangicha idrok etish metodi sifatida maydonga chiqmoqda. Jonsiz materiya hamda inson faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va boshqa sohalaridagi tarixiy jarayonlar rivojining sabablari va shakllari yangicha talqin etila boshlandi. Hodisalarni biologik va ijtimoiy evolyutsiyaning mustaqil omili sifatida yangicha tushunish, o'zidan o'zi tashkil bo'luvchi jarayonlarda uning rolini etirof etish yuzaga kelmoqda»8. U yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so'z oz emas-ko'p emas-ijtimoiy fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangilash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha hodisalarining obyektiv qonuniyligi va sababiy bog'liqligini tan oluvchi falsafiy konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va etirof etishdan voz kechish va ehtimolki, determinizmning yangi ko'rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa, borliqni ilmiy asosda bilishning asosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga