Davlat va huquq nazariyasi funksiyalari va uning o'quv fani sifatida tuzilishi

Davlat va huquq nazariyasi funksiyalari va uning o'quv fani sifatida tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquq nazariyasi funksiyalari va uning o'quv fani sifatida tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari va davlat va huquq nazariyasining o'quv fani sifatidagi tuzilishi Davlat va huquq nazariyasining rivoji faqat uning oldida turgan vazifalar bilan belgilanmay, balki u bajaradigan funksiyalar bilan ham bog'liqdir. Davlat va huquq nazariyasi funksiyalari to'g'risidagi masala mohiyatan yuridik fan, jilla bo'lmasa, uning nazariy qismi jamiyat uchun, huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun, davlatchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarini barqarorlashtirish uchun nimalar qilayotgini haqidagi masala hamdir. Chunonchi, evristik funksiya fan taraqqiyoti bilan bog'liq. evristika («eurisko» yunoncha - «topaman») - haqiqatni topish, aniqlash san'ati. Davlat va huquq nazariyasi shunday mantiqiy usul va uslubiy qoidalar tizimiga egaki, ular faqat davlat va huquqni rivojlantirishdagi yangi qonuniyatlarni bilibgina qolmay, bu qonuniyatlarni kashf etish imkonini ham beradi. Bu esa, islohotlar va ijtimoiy o'zgarishlar bosqichining murakkab vaqtlarida juda muhimdir. Davlat va huquq nazariyasi sohaviy va ixtisoslashgan yuridik fanlar uchun fundamental fan sifatida metodologiya xizmatini o'taydi, yani ularga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi. Davlat va huquq umumiy nazariyasi tushunchasi va konsepsiyalari sohaviy va maxsus fanlarning asosi bo'lib maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi davlat-huquq hodisalarini o'rganish bilangina cheklanmay, huquq, huquqiy va davlat tarmoqlarini qayta qurish tamoyillarini ham ishlab chiqadi. Davlatning o'zi siyosiy kurash markazi sifatida maydonga chiqadi, shuning uchun davlat va huquq nazariyasining bir muhim funksiyasi - siyosiy funksiyadir. Siyosat (arabcha «siyosatun» - rahbarlik, boshchilik qilish) davlat hokimiyatini amalga oshirish va saqlab qolishga yo'naltirilgan ijtimoiy faoliyatni, mamlakat ichkarisidagi va xorijiy davlatlar bilan munosabatlardagi davlat faoliyatining muayyan yo'nalishi va tarzini ham anglatadi. Mamlakat siyosiy yo'li huquqshunoslik faoliyatida ham, amaldagi qonunchilikda ham o'z ifodasini topadi. Siyosiy funksiya bilan mustahkam aloqada bo'lgan mafkuraviy vazifa (funksiya) ham mavjud. Mafkura (arabcha fakkara - o'ylamoq, fikr yuritmoq) va fanning mafkuraviy vazifasi siyosatning dunyoqarash bilan bog'liq jihatini aks etiradi. Bu yerda ham, oldindan ogohlantirib shuni aytish joizki, mafkuraviy funksiyaga chidashga to'g'ri keladigan yovuzlik sifatida qarash kerak emas. Uni hukmron u Yoki bu siyosiy yo'lini oqlash majburiyati sifatida nazariy «asoschilari» fikrlaridan iqtiboslar keltirish, fanning eng so'nggi haqiqatini aytishi, ayniqsa, boshqa fan sohalari vakillariga «o'rgatib qo'yish» huquqi da'vogari sifatida tasavvur etish kerakmas. Albatta, yaqin o'tmishda shunday bo'lgandi. Biroq, biz bunday qoliplardan voz kechishimiz zarur. Hozirgi zamon mafkurasi va uning mamlakatimiz va xalqimiz taqdiridagi ahamiyatiga kelsak, bu haqda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday deydi: «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizda tatbiq etishdir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib,kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg'ularini ongimizga singdirishi lozim»17. Ongli tarzda tushuniladigan va qabul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.02 KB
Ko'rishlar soni 361 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.02 KB
Ko'rishlar soni 361 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga