Davlat va huquq nazariyasi umumnazariy fan

Davlat va huquq nazariyasi umumnazariy fan

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquq nazariyasi umumnazariy fan - rasmi

Material tavsifi

DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI UMUMNAZARIY FAN. Reja: 1.Davlat va huquq nazariyasining predmeti. 2.Davlat va huquq nazariyasining usuli. 3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o'rni. 4.Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari. 1. Davlat va huquq nazariyasining predmeti. Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o'rni, roli va ahamiyati,o'organiladigan obyektini bilish zarur bo'ladi. Boshqa fanlar qatori «Davlat va huquq nazariyasi» insonlarning faoliyat doirasini ifodalab beruvchi fan sifatida o'z oldiga shunday vazifani qo'yadi, ya'ni: birinchi navbatda, davlat va huquq to'g'risidagi hodisalarni, bu hodisalarning jamiyatdagi o'rni huquqiy fikrlarning obyektivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan ma'lum bir tizimga solishni ko'zlaydi. Davlat va huquq to'g'risidagi ilm - bu davlat-huquqiy hodisalarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va amal qilishini o'organuvchi umum siyosiy-yurudik qonuniyatlar xahidagi bilimlar tizimining yig'indisidir. Bu fan yuqoridagi hodisalarni to'laligicha o'rganadi (kuzatadi) va shu bilan o'zining fundamental xarakteriga ega. Umuman shuni ta'kidlash mumkin, davlat va huquq nazariyasi - bu mavjud bo'lgan, zarur, umumiy va mustahkam bog'lh bo'lgan davlat - huquqiy hodisalarning o'zaro hamda boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog'lhligini ifadolovchi qonuniylik bo'lib bu qonuniylik davlat - huquqiy hodisalarga va ularning siyosiy - yuridik xususiyatlariga nisbatan sifatli aniqlik kiritadi. Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi tizimida asosiy nazariy va o'organuvchilak rolini bir muncha umumiy tushunchalar bajaradi. Kelajakda bu tushunchalar kategoriyalar deb yuritilib, bularga «davlat mohiyati», «davlatning shakli», «davlatning tipi», «davlatning funksiyalari», «davlatning mexanizimi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqiy munosabatlar», «huquq tizimi» va xakozolar kiradi. Davlat va huquq nazariyasi - bu davlat va huquq huquqiy qarashlar, g'oyalar va bilimlar tizimidir. U davlat va huquqning paydo bo'lishi, rivojlanishi va barham topishi umumiy qonuniyatlarini o'organadi. Bu fan nafaqat davlat-huquqiy hodisalarni va jarayonini o'organibgina qolmasdan, balki ular to'g'risidagi kishilarning tasavurlarini ham o'organadi. Davlat va huquq o'zaro mustahkam aloqada bo'lib, bir-birini ifoda etadi, ajralgan holda bo'lmaydi. Davlat huquq normalarni o'organadi, ularning ijrosini ta'minlaydi; huquq esa, davlat tizimini, uning funksiyalarni, kompetentsiyasini mustahkamlaydi va bu bilan u davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish uchun aniq ifoda bahsh etadi. Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi barcha inistitutlar birgalikda olib o'organadi, o'zluksiz bog'lhlikda ko'rib chiqadi, huquq rivojlanish qonuniyatlarni tahlil qiladi. Shunday ekan, davlat va huquq ma'lum ajratilgan ilm (fan) sohalari bo'lib qolmasdan, balki u yagona fandir. Lekin u yagona fan sifatida hola turib, nisbatan mustaqil bo'lgan ikkita qismga bo'linadi: - davlat nazariyasi (davlatshunoslik) - huquq nazariyasi (huquqshunoslik) Davlat va huquq nazariyasi fanini predmetini jamiyatda davlat va huquqning paydo bo'lishi va rivojlanish qonuniyatlari, mohiyati, shakllari, pritsiplari, funksiyasi, siyosiy, huquqiy ong va huquqiy tartibga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.99 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.99 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga