Davlatning asosiy belgilari

Davlatning asosiy belgilari

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning asosiy belgilari - rasmi

Material tavsifi

Davlatning asosiy belgilari Davlat jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan bir qator o'ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Davlatning belgilari to'g'risidagi masala hamisha huquqshunoslar etiborini tortib kelgan va bu haqda ularning turli talqinlari mavjud. F.Engels o'zining «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» degan asarida davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo'linishi, ommaviy hokimiyat hamda soliqlar tizimining tashkil etilishini ko'rsatib o'tgandi. G.F.Shershenevich ham shunga o'xshash uch belgi: «a) odamlarning birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; v) shu hokimiyat ta'sir doirasidagi hudud»9 ni sanab o'tadi. Hozirgi vaqtda davlatning umumiy etirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin: * davlat o'z davlat chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo'yicha birlashgan butun jamiyatning, butun aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; * davlat - suveren hokimiyatning yagona sohibidir; * davlat yuridik kuchga ega bo'lgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi; * davlat o'z vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat murakkab mexanizm (mahkama)dir; * davlat - qonuniylik va huquq-tartibot posboni bo'lishga maxsus davat etilgan huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari (sud, prokuratura, militsiya, politsiya va hokazo)ga ega bo'lgan yagona tashkilot; * faqat davlatgina o'z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yahli tligi va xavfsizligini taminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo'la oladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan birgalikda olingan davlat belgilarining jami jamiyat siyosiy tizimida davlatning alohida o'rni va yetakchi rolini to'la izohlaydi. Albatta, bunda, har bir tarixiy davrda, turlicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda davlatning bu belgilari ham ichki mazmuni, ham tashqi ko'rinishi bilan farq qilishini hisobga olish zarur. Hozirgi sharoitlarda demoqratiya va erkinliklarni, barqarorlik, tinch-totuvlikni, Respublika xalqlari hamjihatligi va hamkorligini qaror toptirishda, islohotlar va ularni amalga oshirishdagi tashabbuskorlikda, madaniyati yuksak rivoj topgan jamiyatga o'tishda O'zbekiston davlati yetakchi rol o'ynamoqda. Ushbu maqsadlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etish davlatni mustahkamlash vazifalarini bajarish, O'zbekistonda davlat hokimiyati barcha bo'ginlarining samarali ishlashini ta'minlash bilan chambarchas bog'liq. 3-§. Davlat mohiyati va belgilarini tushunishda yondashuvlar xilma-xilligi Malumki, davlatning kelib chiqishi, davlat hokimiyatining tabiati, uning maqsad va vazifalarini, davlatning taraqqiyot yo'llari va shu kabilarni turlicha izohlovchi ko'plab xilma-xil nazariyalar mavjud. Bu holat ijtimoiy hodisa sifatida davlatning murakkabligi, ko'pqirraliligi bilan, o'tmishdagi va hozirgi vaqtdagi uning shakllarining xilma-xilligi, shuningdek, davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirishi, uning faoliyatining turli ijtimoiy sinflar va guruhdar manfaatlariga bevosita daxldorligi bilan bog'liq. Bular obyektiv omillardir. Agar ushbu muammoga subyektiv jihatdan yondashadigan bo'lsak, mazkur holat turli mualliflarning turli mafkuraviy va falsafiy nuqtai nazarlari bilan ham bog'liqligini ko'ramiz. Davlat to'g'risidagi nazariyalarni shartli ravishda to'rt guruhga: - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.95 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.95 KB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga