Ekologiya huquqi asoslari, predmeti va obyektlari

Ekologiya huquqi asoslari, predmeti va obyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Ekologiya huquqi asoslari, predmeti va obyektlari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya huquqi asoslari Reja Ekologiya huquqi, uning predmeti va obyektlari. Ekologik tizim tushunchasi. Ekologik javobgarlik tushunchasi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarning tabiati muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyati. Atrof muhitni xalqaro- huquqiy muhofaza qilish. Adabiyot 1. E.Hayitboev, J.Yoqubov Huquqshunoslik (darslik) T. Yangi asr avlodi 2006 y 2. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T. ma'naviyat 2008 y. 3. O'zR Konstitutsiyasi. T.O'zbekiston 2009 y. 4. O'zR Jinoyat kodeksi. T. Adolat 2008 y. 5.Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi Qonun . O'zbekistonning yangi qonunlari 7 -son . T. Adolat 1993 y Ekologiya huquqi - tabiat bilan jamiyat o'rtasida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o'rganuvchi fandir. Atrof tabiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o'rmon, hayvonot va o'simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiy hosilalar va ekologik kompleslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologik xilma-xilligini ta'minlash bilan bog'lik qoida-talab, chora-tadbirlarning yig'indisi hisoblanadi. ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni muhofaza qilish yo'nalishiga katta etibor beriliib, har bir davlat turli dastur, rejalar va qonunchilik hujjatlari qabul qilingandir. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog'lik chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga soladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda, jamiyat a'zolarining o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini o'zlashtirishishi tushuniladi. Ekologiya huquqining tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko'ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning malum tartibda joylashishidir. Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo'nalishlarini tahlil qilish va o'rganishni engillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, yani umumiy va maxsus qismga bo'lib o'rganamiz. Ekologiya huquqining umumiy qismi · tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqligi; · ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi; · tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi; · ekologiya sohasida davlat boshqaruvi; · ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati; · ekologiya qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o'z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarni belgilaydi. Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog'liq quyidagi: · erlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · yer osti boyliklarining huquqiy holati; · o'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati; · hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati; · Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati; · Xalq xo'jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish; · Atrof tabiiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.78 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.78 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga