Ekologiya huquqi asoslari

Ekologiya huquqi asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ekologiya huquqi asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya huquqlari asoslari Reja: 1. Ekologiya huquqi tushunchasi va uning mohiyati. 2. Ekologiya huquqi obyektlari 3. Ekologik huquqiy javobgarlik 4. Yerdan, suvdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish Tayanch iboralar: Ekologiya huquqi, ekologik huquq obyektlari, ekologik huquqbuzarlik, ekologik huquqiy javobgarlik, tabiatni muhofaza qilish. Ekologik, huquq uning tashkiliy asoslari . BMT nizomi va xalqaro inson huquqlari prinsiplariga mos keluvchi «XXI asr kun tartibi» strategik dasturining 3-tamoyilida «Rivojlanish huquqiga shunday rioya qilinishi lozimki, bu hozirgi va kelajak avlodlarning qulay atrof-muhitga ega bo'lishi huquqi va taraqqiyot sohasidagi ehtiyojlarini teng ravishda ta'minlab bersin» deyiladi. Fuqarolar ekologik huquqlarining tamoiliy-huquqiy asosi deganda fuqarolarni xavfsiz va qulay tabiat muhitga bo'lgan talabini qondirish borasida davlat, jamoa va mansabdor shaxslarning ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi yuridik jihatdan mustahkamlangan harakatlari majmuasini tushunamiz. Ushbu harakatlar tizimining nazariy asosi prezidentimizning asarlarida xususan, «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot omillari» nomli asarida atrofiysha yoritib berilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari bilan tasdiqlangan «199-2005 yillarda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitini muhofaza qilish dasturi»da, «O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishini Ekologik ta'minlashning Milliy harakatlar rejasi»da, «O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigiyenasi bo'yicha milliy harakatlar dasturi»da, «Biologik rang-baranglikni saqlash bo'yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi»da ifoda etilgan. Tabiatni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tabiatdan foydalanuvchilar zimmasiga ikkilamshi hom ashyo hamda tabiiy resurslarning hisob-kitobini yuritish vazifasi yuklatilgan. Zero, atrof-muhit tozaligini samarali boshqarish, tabiat resurslarining barcha turlari miqdori va sifat ko'rsatgishlari to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishni taqozo etadi. Qonunga binoan, tabiatni muhofaza qilish davlat idoralari oldiga yagona davlat kadastrlarini ishlab chiqish va yuritish vazifasi qo'yilgan. Davlat ekologik ekspertizasi, jamiyatning ekologik xavfsizligini ta'minlash huquqiy ta'minlashning alohida shakli. Ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonunga binoan, smeta bahosi va tegishliligi, shuningdek, lisenziyalar va sertifikatlarning ekologik asoslaridan qat'iy nazar, O'zbekiston hududida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan barcha reja va loyihalar davlat ekostik ekspertizasidan o'tkazilishi lozim. Bu ishni o'tkazilishining majburiyligi tamoyili faloqatlar va tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimining muhim elementi sifatida qaralishi kerak. Ekologik sug'o'rta tizimi tabiiy faloqatlar oqibatida fuqarolar sog'ligi yoki mulkiga yetadigan zararni qoplashni kafolatlashga yo'naltirilgan. Bundan tashqari, fuqarolar sog'ligi majburiy va ixtiyoriy sug'o'rta obyektidir. «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun»ning 23-moddasiga ko'ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar, ularning mulklari va foydalari, ekologik, tabiiy ofatlardan, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda davlat ekologik sug'o'rtasi bilan kafolatlanib qo'yiladi. Fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo'lish huquqini ta'minlashning kompleks chora-tadbirlaridan biri sifatida meditsina xizmati samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo'lishi uchun esa Ekologik xavfsizlikni ta'minlash borasidagi qonun va me'yorlarni, sanitariya-gigiyena ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.88 KB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.88 KB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga