FUQAROLARNING HUQUQ LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI REJA Kirish Asosiy qism: Fuqarolik huquqi tushunchasi. Huquq layoqati va muomala layoqati. Mulk tushunchasi va uning shakllari. Xulosa. 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqi tovar-pul munosabatlarini va tomonlarning tengligiga asoslangan boshqa munosabatlarni, mulkiy munosabatlarni va unga bog'liq bqlgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar majmuidan iborat. Fuqarolik huquqi - insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan huquq sohalaridan biridir. fuqarolik huquqi fuqarolarning maishiy savdo-sotik, kommunal transport xizmati ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Kundalik hayotda barchamiz mulkiy munosabatlarda ishtirok etamiz. Masalan, dukondan biron narsa sotib olayotganimizda sotuvchiga pul beramiz, shundan keyingina u bizga kerakli narsani beradi. Bunda sotuvchi va oluvchi o'rtasida mulkiy munosabat sodir bo'ladi. Mulkiy bo'lmagan shaxsiy munosabatlar mulkiy munosabatlardan shu bilan farq qiladiki, bunda o'zaro munosabatlar qiymat (pul) bilan ifodalanmaydi, balki shaxsning o'zi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Mulkiy va mulkiy bo'lmagan munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli manbalar bilan tartibga solinadi va himoya etiladi. Bu manbalarga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlari va qarorlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik-protsessual kodeksi kiradi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar deb, shaxslar o'rtasida bo'ladigan va fuqarolik-huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar shu munosabatlarda qatnashuvchi shaxslarning erki bo'yicha vujudga keladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar: 1. Davlat korxonalari o'rtasida; 2. Davlat korxonalari bilan fuqarolar o'rtasida; 3. Fuqarolar bilan fuqarolar o'rtasida vujudga keladi. Masalan, bir korxona ikkinchi korxonaga mahsulot yetkazib beradi yoki davlat korxonasidan dukon boshqaruvchisi aholiga sotish uchun tovar oladi yoki bir fuqaro ikkinchi fuqaroga qarz beradi. Bu huquqiy munosabatlar bitimlar, shartnomalar asosida vujudga keladi. Bitimlarda fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik huquqlari va vazifalari belgilanadi. Bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama bo'lishi mumkin. Bitimlar oddiy va murakkab shaklda tuziladi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar yuridik shaxslarga (korxona, tashkilot, jamoa xo'jaligi) va jismoniy shaxslarga (fuqarolar) bo'linadi. O'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Jismoniy shaxslar fuqarolar, chet el fuqarolaridir. Masalan, bir fuqaro ikkinchi fuqarodan qarz oladi. Bunda fuqarolik-huquqiy munosabatda ikkala fuqaro ham qatnashayapti. CHet el fuqarosi ham O'zbekiston hududida o'kib, ishlab, O'zbekiston fuqarolari bilan bir qatorda mulkiy munosabatlarda qatnashishi mumkin. Ular xam barcha huquqlardan foydalanadilar va o'zlariga mulkiy majburiyatlarni oladilar. YUridik shaxslar xam, jismoniy shaxslar xam qonunda ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.32 KB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.32 KB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: docx