Reja: Fuqarolarning teng huquqliligini buzish Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish Xat-yozishmalar, telefonda so'zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa Fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish Vijdon erkinligini buzish 6. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o'tkazish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish 7. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to'sqinlik qilish 8. Mehnat qilish huquqini buzish 9. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish Fuqarolarning teng huquqliligini buzish (O'zR JK 141-moddasi) Ushbu modda ikki qismdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: «O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», deb mustahkamlab qo'yilgan. JK 141-moddasi xalqaro huquqiy hujjatlarga, jumladan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro bitimning 26 -moddasiga to'la mos keladi. Shu bitimda: «Barcha odamlar qonun oldida teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun tomonidan teng himoya qilinishi huquqiga egadirlar. Shu munosabat bilan har qanday kamsitishlar qonunda man etilishi va qonun barcha shaxslarga biron-bir belgisi: irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy mavqei, tug'ilishi yoki boshqa sharoitlar bo'yicha kamsitishlarga qarshi teng va samarali himoyani kafolatlanishi lozim», deb qayd etilgan. Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklaridir. Obyektiv tomondan jinoyat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeidan kelib chiqishdan qat'i nazar fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita afzalliklar berishda ifodalanadi. Jinsi, irqi, millati, tili, dini va h.k. kelib chiqib, fuqarolarning huquqlari buzilgan yoki cheklangan yoxud fuqarolarga afzalliklar berilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi. Teng huquqlilikning buzilishi zo'rlik ishlatib sodir etilgan bo'lsa, aybdorning qilmishi JK 141-modda 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish vaqtida zo'rlik ishlatish mushtlash, jabrlanuvchini kaltaklash, badaniga yengil yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazishda ifodalanishi mumkin. Bunday qilmish shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan qo'shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi. Badanga og'ir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi jinoyatlar jami bo'yicha kvalifikatsiya qilinadi. Subyektiv tomondan fuqarolar teng huquqliligining buzilishi qasddan sodir etiladigan jinoyat hisoblanadi. U bevosita g'araz niyat bilan sodir etilishi mumkin. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan, aqli raso har qanday shaxs bo'lishi mumkin. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish (O'zR JK 142-moddasi) Fuqarolar turar joy daxlsizligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. Konstitutsiyaning 27-moddasida: «har kim o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o'tkazishi yoki ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx, doc
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: docx, doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx, doc
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: docx, doc