Fuqarolik huquqi asoslari

Fuqarolik huquqi asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik huquqi asoslari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik huquqi asoslari Fuqarolik huquqi tushunchasi va manbalari Fuqaroviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari Mulk huquqi Majburiyat huquqi Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik Adabiyot 1.E.Hayitboev, J.Yoqubov Huquqshunoslik (darslik) T. Yangi asr avlodi 2006 y 2. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T. ma'naviyat 2008 y. 3. O'zR Konstitutsiyasi. T.O'zbekiston 2009 y. 4. Fuqarolik kodeksi. T. Adolat 2008 y. Fuqarolik huquqi mulkchilik munosabatlarini, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shartnomaviy aloqalarini (oldi-sotdi, pudrat, sug'o'rta va h.k.), shuningdek, etkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq intellektual mulk, merosga oid munosabatlarni tartibga soladi. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari. Fuqarolar - fuqarolik huquqi munosabatlarining subyektlari. Fuqarolik huquqi mulkiy hamda unga chambarchas bog'liq bo'lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari (subyektlari)dan biri fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Fuqarolarning fuqarolik huquqiga oid munosabatlarda ishtirok etishinig eng dastlabki sharti ularning huquqiy layoqati, yani fuqarolik huquqi hamda majburiyatlariga ega bo'lish qobiliyati hisoblanadi. Fuqarolik huquqining subyektlari huquqiy layoqatdan tashqari muomala layoqatiga ham egadirlar. Muomala layoqati deganda, fuqarolarning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo'lish va ularni amalga oshirish huquqi, o'ziga fuqarolik majburiyatlarini olish hamda ularni bajarish qobiliyati tushuniladi. Muomala layoqati ana shunisi bilan huquqiy layoqatdan ajralib turishi. Umumiy qoidaga ko'ra. Fuqarolik muomala layoqati to'laligicha 18 yoshdan boshlab yuzaga keladi. Shuningdek, 18 yoshgacha turmush ko'rgan shaxslar xam to'liq ravishda muoamalaga layoqatli deb hisoblanadi. Bu bazi hollarda turmush qurish yoshining pasaytirilishidan kelib chiqadi. FKga voyaga yetmaganlarning emansipatsiyasi, yani ularni to'laligicha muomalaga layoqatli deb hisoblash tufisidagi norma ham kiritilgan. Bu quyilagi shartlar bo'lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin: 1) shaxsning 16 yoshga to'lganligi; 2) ikkala ota-ona yoki qonuniy vakillarning roziligi bo'lgan taqdirda, basharti voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi yoki ishbilarmonlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa. Mulk huquqi ayrim shaxslar yoki jamoaga tegishli moddiy boyliklarni, shuningdek, mulkchilikka oid iqtisodiy munosabatlarni qo'riqlash va tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalar yig'indisidir. Mulk huquqi mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish kabi subyektiv huquqlardan iborat. Fuqarolik kodeksiga binoan, mulk huquqining subyektlari fuqarolar va yuridik shaxslar hisoblanadi (mazkur subyektlarning mulk huquqiga xususiy mulkchilikning iqtisodiy toifasi kiradi). Majburiyat tushunchasi. Mazkur huquqiy munosabatlarning mohiyati muayyan shaxslarni mulkiy maqsadni ko'zlaydigan va shu sababdan shaxsni boshqa shaxsning foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga yoki malum harakatdan o'zini tiyishga majbur etishdan iborat (masalan, mol-mulkni berish, pul to'lash, ishni bajarish va h.k.). Bunda boshqa shaxs qarzdordan o'z majburiyatini bajarishni talab etish huquqiga ega, degan xulosa chiqadi. Majburiyat ishtirokchilari (tomonlar): qarzdor - boshqa shaxs foydasiga muayyan harakatlar (masalan, pul to'lash, ishni bajarish kabilar)ni amalga oshirishga majbur bo'lgan taraf; kreditor - yuqorida keltirilgan xatti-harakatlarni bajarishni talab etish huquqiga ega bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga