G'aznaviylar davlati va huquqi

G'aznaviylar davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
G'aznaviylar davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

G'aznaviylar davlati va huquqi Reja: 1. G'aznaviylar davlatining tashkil topishi. 2. G'aznaviylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi. G'aznaviylar davlatining tashkil topishi G'aznaviylar davlatining tashkil topishi X asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu vaqtga kelib G'azna shahri Xurosonning siyosiy markaziga aylangan edi. G'azna shahrida hokiraiyatni qo'lga olishga birinchi bo'lib Somoniylar lashkarboshisi Alp Tegin urihib ko'rgan. peyinchalik esa tajribali va dovyurak turk qo'mondoni Sabuqtegin Somoniy amirlaridan Nux II ga ko'rsatgan yordami uchun G'azna noibi unvonini qoiga kiritadi. Butun Xuroson uning tasarrufiga o'tadi. Shu tariqa 962-yilda G'aznaviylar davlatiga asos solinadi. Bu davlatning tashkil topishiga bir tomondan Somoniylar davlatining zaiflashuvi, ikkinchi tomondan esa, turk lashkarboshilarining mavqeyini kuchayishi sabab bo'ldi. G'aznaviylar davlati musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G'aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoli-g'arbiy Hindistondan Chag'oniyon va Xorazmgacha cho'zilgan bo'lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. G'aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta'sir ko'rsatar edi. O'z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo'l hukmdori bo'lgan Sulton Mahmud G'aznaviy 1030-yilda vafot etadi. Mahmud G'aznaviy vafotidan so'ng uning o'g'li Mas'ud davrida (1030-1041) bu davlat bir tomondan, ichki feodal ziddiyatlarning kuchayishi va ikkinchi tomondan, saljuqiy turklarning ketma-ket hujumlari, xususan, 1040-yilda Dandanakonda berilgan zarbadan so'ng o'zini o'nglab ololmadi va o'z mustaqilligini butunlay yo'qotdi. Jangdan zo'rg'a qochib qutilgan Mas'ud tez orada (1040) vafot etdi. Uning vorislari g'aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo'la olmadilar. Asta-sekin o'z qudratini yo'qota boshlagan g'aznaviylar davlati XII asrning oxirida Afg'oniston hududida tashkil bo'lgan yangi davlat G'uriylar tomonidan butunlay tugatildi. G'aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo'liga o'tdi. G'aznaviylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi G'aznaviy laming bosqinchilik yurishlari butun-butun viloyatlarning xonavayron bo'lishi, sug'orish tarmoqlarining buzilishi, aholining talanishi va qullarga aylantirilishi bilan birga kechgan. Bu vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tuzumida uncha katta o'zgarishlar yuz bermadi. Lekin aholining bir qismi qullarga aylantirilib, g'aznaviylar davlatiga olib ketildi. Yerga egalik shakllari, soliq turlari, hukmron va tobe tabaqalar asosan ilgarigidek saqlanib qolgan edi. Lekin g'aznaviylar tomonidan . bosib olingan o'lkalarning xalqlari bu davlatga katta miqdorda o'lpon va soliqlar jo'natib turishlari lozim edi. Sulton Mahmud davrida g'aznaviylar davlati har tomonlama rivojlanib bordi. Mamlakat poytaxti G'aznada va boshqa shaharlarda ko'plab oliy imoratlar, masjidu madrasalar, ko'rkam karvonsaroylar barpo etildi. Dehqonchilikni rivojlantirish uchun kanallar, ariqlar qazildi, to'g'onlar qurildi. Islom ruhoniylari katta imtiyozlarga ega bo'ldilar. Sulton Mahmudning o'zi adolatparvar hukmdor bo'lib, ilm-ma'rifatga katta e'tibor berar edi. Uning saroyida ilmu fan arboblari, adabiyot ahlining anjumanlari muntazam o'tkazilib turilardi. Ulug' alloma Abu Rayhon Beruniyning ham sulton saroyida ko'p muddat faoliyat ko'rsatganligi buni isbot etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.13 KB
Ko'rishlar soni 376 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.13 KB
Ko'rishlar soni 376 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga