Hayot va sog'liq uchun xavfli jinoyatlar

Hayot va sog'liq uchun xavfli jinoyatlar

O'quvchilarga / Huquq
Hayot va sog'liq uchun xavfli jinoyatlar - rasmi

Material tavsifi

Hayot yoki sog'liq uchun xavfli jinoyatlar Reja: hayot va sog'liq uchun xavfli jinoyatlar tushunchasi, turlari, jinoyat tarkibining umumiy tahlili O'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish Tanosil yoki OIV kasalligiOITSni tarqatish. Jinoiy ravishda homilani tushirish (abort) Ayolni o'z homilasini sun'iy ravishda tushurishga majburlash uchun javobgarlik Kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajasida bajarmaslik Xavf ostida qoldirganlik uchun javobgarlik hayot va sog'liq uchun xavfli jinoyatlar turlari: O'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish; Tanosil yoki OIV kasalligiOITSni tarqatish Jinoiy ravishda homilani tushirish va ayolni o'z homilasini sun'iy ravishda tushurishga majburlash uchun javobgarlik ; Kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajasida bajarmaslik; Xavf ostida qoldirganlik uchun javobgarlik. O'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish Ushbu jinoyatning bevosita obyekti shaxsning hayoti yoki sog'lig'idir. obyektiv tomondan jinoyat o'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishda, bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun etarli asoslar mavjud bo'lishida ifodalanadi. Bunda qo'rqitishning ikkita belgisi yaqqol ko'rinadi: 1) qo'rqitishning o'zi; 2) qo'rqitish amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asos beruvchi muayyan holatlarning mavjudligi. O'ldirish bilan qo'rqitishning aniqlash darajasi turlicha bo'lishi mumkin: aybdor o'ldirish usuli, quroli haqida aytib o'tmasligi mumkin, balki jabrlanuvchida qo'rquv tuyg'usini kuchaytirishga intilib, o'ldirishning qaysi usuli va qurolidan foydalanish niyatida ekanligini, bo'lajak qiynoqlar, azoblar va h.k. haqida aytishi mumkin. JK 112-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qo'rqitishning ikkinchi turi - zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishdir. Shu sababdan JK 112-moddasida har qanday zo'rlik ishlatish uchun javobgarlik belgilangan, deb o'ylash lozim. Qo'rqitish jismoniy yoki ruhiy zo'rlik ishlatishdan iborat bo'lishi mumkin. Tanosil yoki OIV kasalligiOITSni tarqatish. Ushbu modda to'rt qismdan iborat bo'lib, jinoyatning obyekti shaxsning sog'lig'i yoki hayotidir. JK 113-moddasi 1-qismida bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Ushbu jinoyat obyektiv tomondan JK 113-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan harakatlarda, yani bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirishda ifodalanadi. JK 113-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat jabrlanuvchi kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirilgan paytdan etiboran tamom bo'lgan deb topiladi, agar jabrlanuvchiga kasallik yuqsa, unda aybdorning qilmishi JK 113-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinmog'i lozim. subyektiv tomondan jinoyat faqat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi, yani bila turib va oqibat ro'y berishini xohlab amalga oshiriladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan va o'zining tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan shaxs hisoblanadi. Aybdorning tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan bo'lishi jinoyatni O'zR JK 113-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishning zaruriy shartidir. JK 113-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni o'zida tanosil kasalligi borligini bilgan shaxsning bu kasalilikni boshqa shaxsga yuqtirishida ifodalanadi. Agar jabrlanuvchiga tanosil kasalligi yuqtirilgan bo'lsa, shaxs JK 113-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi, agar bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.45 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.45 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga