Hozirgi zamon xalqaro huquq subyektlari

Hozirgi zamon xalqaro huquq subyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Hozirgi zamon xalqaro huquq subyektlari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon xalqaro huquq subyektlari Reja subyekt tushunchasi. subyektlarning turlari. Davlatlar - xalqaro huquq subyekti. O'z mustaqilligi uchun kurashayotgan millatlar va halqlarning xalqaro huquqiy subyektivligi. Davlatlarni tan olish. Davlatlarning meros huquqi. xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning subyekti. subyekt tushunchasi. xalqaro huquq subyekti tushunchasini belgilash chog'ida xalqaro huquqiy barqarorlashtirish tamoyili qatnashchilari ichki davlat munosabatining qatnashchilaridan farqli, o'laroq biron-bir yurisdiksiya ta'sirida bo'lmaydilar, o'zlaridan yuqori turuvchi siyosiy hokimiyatga ega bo'lmaydilar, o'zaro mustaqil o'rin egallaydilar, degan qoidadan kelib chiquvchi munosabatlarni barqarorlashtiruvchi huquqiy normalardan kelib chiqadi. Chunonchi xalqaro huquq subyekti deb, xalqaro majburiyatlarni zimmasiga oladigan, xalqaro huquq normalariga rioya qiladigan BMT nizomiga amal qiladigan xalqaro munosobatlarning aktiv yoki potentsial ishtirokchilariga aytiladi. xalqaro huquq subyekti, eng avvalo muayyan huquq va majburiyatlar majmuiga egadir. Biroq, uning tavsifi shu bilangina cheklanmaydi, xalqaro harakatlarga, huquqiy normalar bilan belgilangan huquq va majburiyatlarni amalga oshirishda mustaqillikka yuridik qobillik hozirgi zamon xalqaro munosabatlar tabiatiga taalluqli xalqaro huquq subyektining xususiyatidir. U birinchi navbatda suveren davlatlarga, shuningdek mustamlaka zulmiga qarshi, mustaqil davlat tuzish uchun kurashayotgan millat va xalqlarga ham taalluqlidir. Bundan tashqari davlatlar tomonidan tashkil etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar ham mustaqil xalqaro harakatlarda yuridik qobiliyatlarga ega. Biroq bu harakatlar turli darajada namoyon bo'ladi. Shaxslar tegishli davlatlarning yurisdiksiyasi ostida bo'ladilar va ichki davlat huquqiy munosabatlarida subyektlar sifatida harakat qiladilar. Ular mustaqil xalqaro maqomga, xalqaro huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga, yuridik qobillikka ega emas, natijada xalqaro huquq subyektlari bo'lmay qoladilar. xalqaro huquq subyektini bir-biridan mustaqil xalqaro munosabatlar sohasida biron-bir siyosiy hokimiyatga buysundirilmagan, xalqaro qoidada belgilangan huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun yuridik qobillikka ega bo'lgan uyushmalar sifatida ta'riflash mumkin. xalqaro huquqiy subyektlik tushunchasi subyektlar maqomida huquq va ishga bo'lgan qobiliyatning uzviy uyg'unlashuvi sifatida tushuniladi. xalqaro huquq subyektlik huquq tomonidan belgilangan huquq va majburiyatlar uyg'unligidir. Umumiy huquq va majburiyatlar yoki umumsubyektlik, yani barcha subyektlarga xos yoki spetsifik yani muayyan subyekt turlariga xos bo'ladi. Asosiy umumsubyekt huquqiga boshqa subyektlar bilan munosabatlarni yo'lga qo'yish, xalqaro huquqiy normalarni yaratishda qatnashish o'z xalqaro maqomini himoya qilish kiradi. Asosiy umumsubyekt majburiyatlar, avvalo xalqaro huquqning tamoyillari va normalarini vijdonan bajarishdan iboratdir. Asosiy o'ziga xos huquq va majburiyatlar shu toifadagi subyektlarning alohida maqomini ifodalaydi. subyektlar o'zlarining asosiy huquq va majburiyatlarini amalga oshira borib, o'zaro munosabatga kirishadilar va xalqaro shartnomalar tuzadilar. Bu shartnomlarda har bir aniq subyektning xususiy huquqi va majburiyati to'la hajmda tegishli mazmunda belgilab qo'yiladi. subyektlarning turlari - Davlatlar: - o'z mustaqil davlatlarini barpo etish uchun kurashayotgan millatlar va xalqlar; - xalqaro hukumatlararo tashkilotlar; - davlat ko'rinishidagi o'ziga xos uyushmalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.53 KB
Ko'rishlar soni 572 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.53 KB
Ko'rishlar soni 572 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga