HUQUQ IJODKORLIGINI AMALGA OSHIRISH VA SHARHLASH. Reja: 1.Huquq ijodkorligi tushunchasi. 2.Qonun qabul qilish bosqichlari. 3.Normativ huquqiy hujjatlarni vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan harakat qilishi. 4.Huquq normalarining tushunchasi, belgilari va tuzilishi. 5.Huquq normalarining turlari. Asosiy so'z va tayanch tushunchalar: huquq ijodkorligi, referendium tashabbuskorlik, normativ huquqiy hujjat, qonun, kodeks, asosiy qonun, joriy qonun norma, tizim, soha, huquqiy tartibga solish mexanizmi, tarmoq va institutlar, ta'sis etish, gipoteza, dispozitsiya, sanktsiya, blanket, imperativ, dispozitiv. HUQUQ IJODKORLIGI TUSHUNCHASI. Qonun ijodkorligi - davlatning huquqiy normalarini yaratishga qaratilgan eng muhim faoliyat yo'nalishlaridan biridir. Qonun va qonun chiqarish faoliyati bilan bog'liq ishlar jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim urin tutgan. Qonunlarning eng asosiy ijtimoiy vazifasi - jamiyatda tartib, intizom va barqarorlikni ta'minlashdan iborat. Qonunchilik siyosati - davlat siyosatining bir bo'lagi bo'lib, unda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy yo'nalishlari, prinsiplari, maqsadlari o'z ifodasini topadi. huquq ijodkorligi faoliyati natijalariga karab, ya'ni qonunlar va boshqa normativ aktlarga karab, davlat to'g'risida, uning demokratligi darajasi, madaniyati va sivilizatsiyasi darajasiga baho beriladi. Huquq ijodkorligining eng muhim xarakteristikasidan biri bo'lib, uning davlat yoki davlat organlari faoliyati ekanligi hisoblanadi. Qonun ijodkorlik faoliyati - o'z vakolatli davlat organining qonunlarni ishlab chiqishi va qabul qilishga qaratilgan, aniq maqsadga yo'naltirilgan irodaviy faoliyatidir. Mazkur faoliyat ijodiy jarayon bo'lib, bunda xalqning irodasi aniqlanadi, shakllantiriladi va belgilangan tartibda qonun darajasiga kutariladi. Qonun chiqarish faoliyati (huquq ijodkorligi faoliyati) o'zining mas'uliyatliligi va murakkabligi bilan farq qiladi. Respublika shaklidagi demokratik davlatlarda qonun chiqarish faoliyati, an'anaga ko'ra, alohida saylab qo'yiladigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tashkilot turli mamlakatlarda turlicha nomlar bilan (AKShda - kongress, Frantsiyada - milliy majlis, Angliyada - parlament, Germaniyada - Bundestag, Eronda - majlis, Rossiyada - federal majlis (Duma), O'zbekistonda -Oliy Majlis, Polsha, Litvada - Sem, Shvetsiyada - Riksdag va x.k) atalib umumiy qabul qilingan yagona nom parlament iborasi bilan ifodalanid. Huquqiy adabiyotlarda qonun ijodkorlik faoliyati iborasi qonun chiqarish faoliyati, qonun yaratish faoliyati, qonunchilik, huquq ijodkoriligi kabi iboralar bilan sinonim sifatida kullaniladi. Huquq ijodkorligi jarayoni (qonun yaratish) o'ta mas'uliyatli, serkirra va murakkab jarayon. Qonun kuichga kirgan xar bir yuridik hamda ijtimoiy munosabatlaroni tartibga solshida kat'iy kuchga aylanadi. Bu jarayon muntazam va muvofiqlashtirilgan ketma-ketlikda ruy beruvchi bosqichlarning yig'indisi sifatida mavjud bo'luvchi aniq huquqiy mexanizmdir. Bunda ish tegishli huquqiy munosabatlar sohasini huquqiy tartibga solish zaruriyatini o'rganishdan muammoli vaziyatni atroflicha tahlil etishdan boshlanadi: sungra tajriba umumlashtirilib, ilmiy asoslangan materiallar tuplanadi; navbatdagi vazifa rejalashtirilayotgan qonunning ilmiy g'oya (konsepsiyasi) va dastlabki loyihasini ishlab chiqishdan iborat bo'ladi; qonun loyihasi qonun chiqaruvchi idora tomonidan o'rganiladi, muxokama etiladi va nixoyat qonun qabul ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.92 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.92 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:13 ]
Arxiv ichida: doc