Huquqiy munosabatlar tushunchasi, turlari, obyekti va subyekti

Huquqiy munosabatlar tushunchasi, turlari, obyekti va subyekti

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy munosabatlar tushunchasi, turlari, obyekti va subyekti - rasmi

Material tavsifi

Huquqiy munosabatlar Reja Huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari Huquqiy munosabatlarning subyekti va obyekti Huquqiy munosabatlar tarkibi Yuridik faktlar 1. Huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari Huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etishi muammosi davlat va huquq nazariyasi uchun muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Huquq normalari o'z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantirish, yani ularni tartibga solish bilan huquq hayotga tatbiq etiladi. Huquqiy munosabat - o'zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog'liq bo'lgan shaxslar (yani, huquq sohiblari) o'rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. Huquqiy munosabat ta'rifidagi asosiy narsa, avvalo, bu tomonlar o'rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon - huquq sohiblari ishtirok etib, o'zaro muloqotga kirishadilar. Sohiblar bir-biri oldida tegishli subyektiv huquq va majburiyatlarni o'taydilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o'zaro mutanosib tarzda bog'liq; bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq keladi. Masalan, ishga kirish bilan bog'liq huquqiy munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma'muriyatida esa tegishli ish haks to'lash majburiyati paydo bo'ladi. Ayni paytda, ikkala sohib ham qonunda belgilangan qator huquqdardan foydalanadilar. Yuridik adabiyotda huquqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha munozarali. Bir guruh olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi, deb hisoblaydilar (L.S.Yavich,1 V.K.Babaev,2 Yu.I.Grevtsev3 va boshqalar) Boshqa mutaxassislarning takidlashicha: «Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi emas, yani ular mulkiy, mehnat, oilaviy, boshqaruv munosabatlari silsilasida mustaqil o'rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar faqat ularning yuridik shakli, ifodasi sifatida namoyon bo'ladi Ijtimoiy munosabatlar huquqiy shaklga ega bo'lishi mumkin, bunda ular huquqiy munosabatlar, deb ataladi»4. To'g'ri, ijtimoiy munosabatlarning hammasi ham huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim ijtimoiy munosabatlar huquq bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyosiy normalar, jamoat birlashmalari normalari, odat qoidalari, diniy normalar va hoka'zolar bilan tartibga solinadi. Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi: a) Huquqiy munosabat - ijtimoiy tusdagi munosabat, yani insonlar o'rtasidagi munosabat bo'lib, bu ularning faoliyati, xulq-atvori bilan bevosita bog'liqdir. Aytaylik, mulkdor buyumga nisbatan muayyan huquqlarga ega. Biroq, bu huquqlar real hayotiy mazmunga ega bo'lishi uchun mulkdor mazkur buyum ustidan boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishi lozim. Xususan, mulkdor shaxs buyumni o'zga kishiga sotishi, o'zining mulqtsan foydalanish huquqini birovga o'tkazishi, hadya qilishi mumkin. Ayni paytda, ulardan o'zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab qila oladi. Huquqiy munosabat har qanday ijtimoiy munosabat kabi insonlar ongli faoliyatining natijasidir. Kishilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.28 KB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.28 KB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga