Huquqni tadbiq etish tushunchasi va uni qo'llash

Huquqni tadbiq etish tushunchasi va uni qo'llash

O'quvchilarga / Huquq
Huquqni tadbiq etish tushunchasi va uni qo'llash - rasmi

Material tavsifi

Huquqni tadbiq etish Reja Huquqni tatbiq etish tushunchasi Huquqni qo'llash Huquqni qo'llash bosqichlari Huquqni qo'llash aktlari 1. Huquqni tatbiq etish Huquq normalari hayotga tatbiq etilsagina, u mazmun kasb etadi va jamiyat uchun ahamiyatga ega bo'ladi. Agarda huquq tatbiq etilmas ekan, oxir-oqibatda u o'zining mohiyatini butunlay yo'qotadi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samarasi ko'p jihatdan huquq normalarini to'g'ri tatbiq etishga bog'liq. Darhaqiqat, mavjud huquq normalarini amalda qo'llamasdan turib, davlat ijtimoiy munosabatlarni o'z maqsadi yo'lida tartibga sololmaydi. eng umumiy va keng manoda olganda, huquq normalarini tatbiq etish - huquqiy normalar yordamida ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etishdir. Huquq normalarining asosiy vazifasi shundan iboratki, ular huquqiy munosabat subyektlari huquqlarining mazmunini belgilashga va shu bilan birga huquqning tatbiq etilishiga yordam beradi. Huquqni tatbiq etish - davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi hamda ularni kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tatbiq etishdir. Bazi yuridik adabiyotlarda «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish», «huquqiy normani amalga oshirish», «huquqiy normani qo'llanish» kabi tushunchalar yuzasidan munozarali fikrlar mavjud. Ko'pchilik nazariyotchi olimlarning fikrlaricha, huquqiy normalarni tatbiq etish - huquqiy normalarni amalga oshirish demaqdir. «Tatbiq etish» manosini bildiradigan «realizatsiya» atamasi lotinchadan olingan bo'lib, «realis»- moddiy yoki moddiylashtirish degan manoni anglatadi. Hozirgi kunda bu so'z ko'proq u yoki bu rejani, dastur va loyihalarni, maqsadlar va hoka'zolarni hayotda amalga oshirish yoki ularni tatbiq etish manosida qo'llaniladi. «Huquqni tatbiq etish» atamasi yuqoridagi mazmunga mos keladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko'rinishga ega bo'lsa ham, u kishilarning faoliyatlarida, faol xulqi va yurish-turishlarida, ularning moddiy va ma'naviy qadriyatlardan foydalanganlarida tatbiq etilib moddiylashadi. Huquqni tatbiq etish murakkab jarayon bo'lib, u malum muddat mobaynida amalga oshiriladi. Bu jarayonda nafaqat subyektiv huquq va majburiyatlar egalari (shaxslar), balki davlat ham o'zining organlari, yani huquqni ijod qiluvchi, huquqni ijro qiluvchi, huquqni qo'llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni tatbiq etish jarayoni huquqni tatbiq etish shakllarini va uni amalga oshirishning yuridik mexanizmini o'z ichiga oladi. Ko'pgana yuridik adabiyotlarda huquqni tatbiq etishning shakllari turlicha ko'rinipsharda bo'lib, ularni umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin. Huquqni tatbiq etishning, normativ hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarni qo'llanish darajasiga ko'ra, uch xil shak-lini ko'rsatish mumkin: a) huquqiy faoliyat amalga oshiriladigan umumiy vazifalari va tamoyillar o'z ifodasini topgan qonunlar hamda moddalarning muqaddimalarida ko'zda tutilgan umumiy ko'rsatmalarni tatbiq etish; b) huquq subyektlarining huquqiy maqomini hamda vako-latlar doirasini o'rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish; v) muayyan huquqiy munosabatlarda tegishli huquqiy nor-malarni tatbiq etish. Huquqni tatbiq etish subyektlariga ko'ra uning quyidagi ikki shaklini ko'rsatish mumkin: individual va jamoa tomonidan tatbiq etish. Huquq normalarining amalda qo'llanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.89 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.89 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga