Jinoyat huquqi maxsus qismining umumiy qoidalari, predmeti va vazifalari

Jinoyat huquqi maxsus qismining umumiy qoidalari, predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat huquqi maxsus qismining umumiy qoidalari, predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat huquqi maxsus qismining umumiy qoidalari Reja: Jinoyat huquqi maxsus qismi tushunchasi, predmeti va vazifalari. Jinoyat huquqi maxsus qismining tuzilishi Jinoyatni kvalifikatsiya qilish tushunchasi O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida jinoiy javobgarlikka tortish hamda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun qonun normalari doirasida jazo tayinlash nazarda tutilgan, uning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi, huquq tizimining mustaqil tarmog'i ekanligini belgilovchi va huquqning boshqa turlaridan ajratib turuvchi o'ziga xos tamoyillarga egadir. Bu tamoyillar jinoyatchilikka qarshi kurashda davlat siyosatini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mustaqil davlatimizning har bir fuqarosi amaldagi qonunlarni qo'llab-quvvatlaydi, qonun buzuvchilarga qarshi keskin kurash olib boradi. Jinoyat huquqi ana shunday qonun buzuvchilarga qarshi kurash olib borish, ularni axloqan tuzatish, qayta tarbiya qilish, turli jinoyatlarning oldini olish choralarini ko'radi. Jinoyat huquqi Umumiy va Maxsus qismlardan iborat bo'lib, Umumiy qismda umumiy qoidalar, jinoyat va jazo tushunchasi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, sudlanganlik holatlari kabi normalar o'z aksini topgan bo'lsa, Maxsus qismda alohida turdagi jinoyatlar va bu jinoyatlarga nisbatan tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi normalar mujassamlashgan. Bundan ko'rinib turibdiki, jinoyat huquqining Umumiy qismi Maxsus qismi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bir butun jinoyat huquqini tashkil etadi. Fan sifatida jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismlari qonun bilan qo'riqlanadigan obyektlariga ega, yani davlat tomonidan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarni qo'riqlaydi. Jinoyat huquqi Umumiy va Maxsus qismlarining o'zaro bog'liqligi shundaki, shaxs aybli, deb hisoblanayotgan ijtimoiy xavfli qilmish huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan har ikki qismning normalari qo'llanilgandagina, aniq mazmunga ega bo'ladi. Jinoyat huquqi Maxsus qismining asosiy vazifasi qonun normalarini yuridik tahlil qilish orqali o'rganib, jinoyatchilikka qarshi kurashda ulardan yanada samaraliroq foydalanishdan iboratdir. Ushbu qism normalarisiz bunday kurashni amalga oshirib bo'lmas edi, chunki ularsiz ijtimoiy xavfli qilmishni konkretlashtirish va sodir etilgan jinoyatlar tarkibini belgilash imkoni yo'qqa chiqar edi. Maxsus qismda har bir jinoyatning turi va belgilari, shuningdek, sodir etilgan qilmish uchun jazo choralari aniq ko'rsatilgan. Jinoyat huquqi Maxsus qismining asosiy vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir (JK 2-moddasi). JK Maxsus qismi 8 bo'lim 24 bobdan iborat bo'lib, bunday tizimni ishlab chiqishda turli omillar etiborga olingan. Birinchi o'ringa O'zR Konstitutsiyasi va Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq shaxsga qarshi jinoyatlar qo'yildi. JKning har bir bo'limi va har bir bobida ijtimoiy xavfliroq jinoyatlar birinchi, keyin xavfliligi kamroq, ulardan keyin esa ijtimoiy xavfi unchalik katta bo'lmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.05 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.05 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga