Jinoyat qonuni 1. Jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati, mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o'rin egallaydi. U ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki, ularni huquqqa xilof tajovo'zlardan himoya qiladi ham. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni - jinoyat huquqining prinsiplari va umumiy qoidalarini, jinoyat qonun vazifalarini, jinoyat va uning belgilarini, jazoning maqsadi va turlarini jazo tayinlash va jazodan ozod qilish asoslarini belgilaydi. Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biror harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man etadi yoki biror harakat qilishga (masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo'yadi. Jinoyat qonuni jamiyatimizda mavjud bo'lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli jinoiy qilmishlardan himoya qiladi Qonunlarga, shu jumladan jinoyat qonuniga amal qilish, ularni og'ishmay bajarish fuqarolik huquqiy davlatini qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo'lsa-da chetlashish qonunchilgimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklari-nihg davlat va jamiyat manfaatlarining buzilishiga olib keladi. Jinoyat to'g'risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun asos bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari, umumiy qoidalari va moddalari asosida tuzilgan. O'zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyat ekanligi mustahkamlab qo'yilgan. Konstitutsiya'ning 53-moddasida esa xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuqorida ko'rsatib o'tilgan, shuningdek, ba'zi og'ir jinoyatlarga qarshi kurash nazarda tutilgan yoki jinoyat-huquqiy muhofazaga muhtoj muayyan ijtimoiy munosabatlar jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan va muhim shartlarni o'zida aks ettirgan yana boshqa normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun bevosita huquqiy asos hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umum e'tirof etgan priinsiplari davlatning ichki qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan olingan. xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalari Jinoyat kodeksining aksariyat bo'limlari, boblari va muayyan moddalarda bevosita o'z ifodasini topgandir. Chunonchi, kodeksning Maxsus qismi ham butun dunyoda e'tirof etilgan qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. Masalan, Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar deb nomlangan VII bobda urushni targ'ib qilish (150-modda), agressiya (151-modda), genotsid (153-modda), yolla-nish (154-modda) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilan-gan. Bu esa Jinoyat kodeksimizga hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy prinsiplari kiritilganligidan dalolat beradi. Qonun chiqaruvchi organ, ya'ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.76 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.76 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx