Jinoyat subyekti

Jinoyat subyekti

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat subyekti - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat subyekti Jinoyat subyekti tushunchasi Jinoyat huquqi nazariyasiga ko'ra har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo'ladi. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir, ya'ni jinoyat sodir qilgan shaxs bo'lmasa, o'z-o'zidan jinoyat ham bo'lmaydi. Jinoyat qonuniga muvofiq jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo'la oladi va Jinoyat kodeksining 17-moddasida yozilishicha: Ji-noyat sodir etgunga qadar o'n olti yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Yuridik shaxs (tashkilot, muassa-sa, korxona va hokazo)lar jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, bir qator chet el davlatlarining jinoyat qonuniga ko'ra yuridik shaxs ham jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Lekin tashkilot, muassasa, korxona faoliyati bilan bog'liq jinoiy oqibat uchun to'g'ridan to'g'ri uning rahbarlari va mas'ul shaxslar javob beradilar. Bular asosan ekologiya sohasidagi jinoyatlardir. (Masalan, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (193-modda), yerdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va qo'riqlash qoidalarini buzish (197-modda), o'simliklar, o'rmon va boshqa ekinlarni yo'q qilish yoki zarar yetkazish (198-modda) va hokazo). Sud-tergov amaliyotida hayvonlar tomonidan jamiyat manfaat-lariga zarar yetkazilgan ishlar ham uchrab turadi. Masalan, hayvonlar tomonidan insonga har xil darajadagi tan jarohati yetkazilishi, shu-ningdek, hayvonlar tomonidan insonlarga jinoiy maqsadlarda hujum qilinganligi ham uchraydi. Bu hollarda: birinchidan, inson tomonidan maxsus o'rgatilgan itga buyruq berilishi natijasida inson sog'lig'iga zarar yetkazilsa, bunda hayvon tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgar bo'ladi. Ikkinchi holatda, biron-bir hayvon tomonidan o'zgalarning arala-shuvisiz inson sog'lig'iga zarar yetkazilgan bo'lsa, uning egasi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi va bunday holda hayvon egasining fuqa-rolik-huquqiy javobgarligi to'g'risidagi masala qo'zg'atilishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs, ya'ni insongina bo'la oladi. Biroq Jinoyat kodeksining 17-moddasi (jismoniy shaxslarning javobgarligi)ga ko'ra har qanday inson ham jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Shaxsning qonunda belgilangan subyekt yoshiga yetganligi-dan tashqari u o'z harakatlarini boshqara olishi va harakati tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni ham anglashi kerak bo'ladi. O'z harakatini idora qila olmaydigan va oqibatini anglamaydigan shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli qonun bilan qo'riqlana-digan ijtimoiy munosabatga zarar yetkazilsa, ularning harakatida qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb mavjud bo'lmaydi. Jinoyat subyektining asosiy belgilaridan yana biri qonunda belgilangan yosh bo'lib, muayyan yoshga to'lgan shaxslargina jinoiy javobgarlikka tortiladi. So'zsiz, insonda ma'lum yoshga yetgandan keyingina atrofdagi voqealarni qabul qilishi, o'z harakatlariga to'g'ri baho berishi va o'z xohishini kerakli yo'nalishga yo'naltira olish qobi-liyati shakllanadi. Inson ma'lum bir yoshga yetgandan keyin muayyan bir jinoyat qonuni bilan man qilingan harakatlar uchun javobgarlik yuzaga kelishini to'g'ri anglay oladi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq 16 yoshga to'lgan, aqli raso shaxslar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.57 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.57 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga