Jinoyat tarkibi tushunchasi va ahamiyati

Jinoyat tarkibi tushunchasi va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat tarkibi tushunchasi va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat tarkibi Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning ahamiyati O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 16-moddasi 2-qismida jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari belgilangan bo'lib, unda: Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo'lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi, -deb yozilgan. Ushbu jinoyat huquqiy tushunchada jinoiy javobgarlik uchun asos deb aybdorning qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi belgi-langan bo'lsa-da, lekin jinoyat tarkibi tushunchasiniig o'zi to'la ochib berilmagan. Jinoyat tarkibi haqidagi ta'limot jinoyat huquqi fanining marka-ziy masalalaridan biridir. Jinoyat tarkibining to'g'ri aniqlanishi jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish uchun asos hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini hal etishda katta ahamiyatga egadir. Shuni qayd etish zarurki, jinoyat tarkibi haqidagi ta'limotda jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismlariga oid masalalarni o'rganishga har tomonlama e'tibor beril-moqda. Maxsus qismga tegishli bo'lgan har qanday masalani o'rga-nish jinoyat tarkibi to'g'risidagi ta'limot bilan bog'liq ravishda olib borilishi zarur. Yuridik adabiyotlarda jinoyat tarkibiga turlicha ta'riflar berilgan. Lekin jinoyat tarkibi haqidagi ta'limotning qator masalalari bo'yicha olimlar o'rtasida yagona bir fikr mavjud emas. Jinoyat tarkibi haqidagi ta'limot V.N.Kudryavsev, Y.M. Braynin, M.P. Karpushin, V.I. Kurlyandskiy, N.V. Ko'znetsova, A.S. Yakubov va boshqalarning ilmiy ishlarida tahlil etilgan. Adabiyotlardagi jinoyat tarkibini aniqlashga doir fikrlarning turlicha ekanligiga qaramay, ko'pgina mualliflar jinoyat tarkibi tushunchasini obyektiv va subyektiv belgilar yig'indisidan iboratligini tan olib, jinoyat tarkibi ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb topishga xizmat qiladi, deb ta'kidlaydilar. Ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash (kriminalizatsiya qilish) vositasi faqat jinoyat tarkibidir. Qilmishning jinoyat ekanligini aniqlash (kriminalizatsiya qi-lish)da biron-bir aniq jinoiy xatti-harakatni, agar o'zida muayyan jinoyat tarkibining alomatlarini mujassamlantirgan bo'lsa, qonun bo'-yicha javobgarlikni belgilashdir. Qilmishning jinoiyligini aniqlash (kriminalizatsiya)ga ilmiy yondashmoq zarur. Qonunshunoslarning biror qilmishning jinoiyligini aniqlash haqidagi taklifi jinoiylikni aniqlash va ijtimoiy so'rov o'tkazilgandan keyingina qilinmog'i lozim bo'lib, bu tadqiqot Jinoyat kodeksiga yangi jinoyat tarkibini kiritish-ning maqsadga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa chiqarish imkoniya-tini beradi. Jinoyat tarkibini mavjud yoki mavjud emasligini aniq-lashning maqsadi ham muayyan ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyli-gini aniqlashdir. Qonunni amalda qo'llash faoliyatida jinoyat tarkibi katta ahamiyatga ega bo'lib, shaxsni javobgarlikka tortish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Qilmishda jinoyat tarkibining yo'qligi esa jinoyat qidiruv ishlari olib borishni taqozo etmaydi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 16-moddasi 2-qismida:Ushbu kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo'lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi,-deb belgilab qo'yilgan. Jinoyatni tasniflashda ham jinoyat tarkibi katta ahamiyatga ega-dir. Jinoyatni tasniflash shaxsning xatti-harakatida jinoyat tarkibining mavjudligini aniqlash jarayoni bo'lib, ya'ni shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning alomatlari muayyan bir jinoyat-huquqiy normada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.63 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.63 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga