Jinoyatning subyektiv tomoni Jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi Jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish va adolatli, shaxsning aybi darajasini hisobga olgan holda jazo tayinlashning zaruriy shartidir. O'zbekiston Respub-likasi jinoyat huquqining muhim xususiyatlaridan biri subyektning aqli rasoligi, ya'ni aybdorning o'z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 20-moddasiga muvo-fiq ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin, ya'ni subyektiv aqli rasolik shuni anglatadiki, shaxs faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan qilmishi uchun aybdor bo'lgan-dagina jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o'zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi. Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov amaliyotida ma'lum qiyinchiliklar tug'diradi. Shu munosabat bilan jinoyatchi tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish, uning maqsadi va motivlarini chuqur o'rganish lozim. Aynan jinoyatning subyektiv tomonini to'g'ri aniqlash jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligi darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatning maqsadi, motivi va aybni yetarlicha tadqiq etmaslik jinoyatni kvalifikatsiya qilishda xatoliklarga yo'l qo'yilishiga olib kelib, shaxsning u sodir yetmagan qilmish uchun jinoiy javobgar-likka tortilishiga sabab bo'ladi, bu esa adolatli jazo tayinlash odillik prinsipining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun sud-tergov ama-liyotida jinoyatning motivi, maqsadi va aybni to'g'ri aniqlashga juda katta e'tibor berish kerak, chunki Jinoyat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijti-moiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo'ladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidir. Jinoyatning maqsadi va motivi esa subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanadi. Maqsad va motiv jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanib, agar ular jinoyat huquqiy normada to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan bo'lsagina, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta'sir etadi, boshqa hollarda esa, ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir qilmaydi, balki jazo tayinlashda hisobga olinishi zarur. Aybning shakllari va tushunchasi Ayb har qanday jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. Aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish va jazo tayinlanishi mumkin emas. Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida aybning og'irligini anglatuvchi, uning miqdoriy xususiyatini aks ettiruvchi aybning darajasi tushunchasi ishlatiladi. Aybning darajasi shaxsning jinoyat holatlariga bo'lgan munosabati shakllari va tarkibining jami bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi bilan belgila-nadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy munosabatining xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni tavsiflaydigan holatlarga oid jinoiy qasd yoki ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo'lgan sabab va shart-sharoitlardir. Yuridik adabiyotlarda ayb turlicha talqin etiladi. Qator mualliflar jinoyatning subyektiv tomonini tadqiq etishda ayb va jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasini aynan bir ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.48 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.48 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: docx