Konstitutsiya - Baxtimiz qomusi

Konstitutsiya - Baxtimiz qomusi

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiya - Baxtimiz qomusi - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi Bosh qonunimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o'ziga xos shahodatnomasi bo'ldi. Inson o'z hayotini borliqqa, uning qonunlariga e'tibor bermay tashkil eta olmaydi. Shuning uchun o'zini kashf qilishda, o'rganishda, uning xususiyatlarini, me'yorini kengroq bilishga intiladi. Konstitutsiya atamasi qadimda siyosiy tuzum ma'nosini anglatgan. Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari o'z ifodasini topgan bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil yurtning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo'lgan ikkinchi sessiyasida mustaqillik dekloratsiyasi qabul qilindi. Dekloratsiyada O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilindi. 1991 - yil 31 - avgustda O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida Qonun qabul qilindi. Bunda Mustaqillik Deklaratsiyasi va Bayonot asos bo'lib xizmat qildi. Ushbu qonun 17 moddadan iborat. Bu hujjatda O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida qo'ygan ilk qadamlarining huquqiy asosi yaratildi. O'z mohiyatiga ko'ra uni Muvaqqat Kichik Konstitutsiya deb ta'riflash mumkin. Mazkur qonunning yutug'laridan biri birinchi marta O'zbekiston Respublikasi fuqoroligi joriy etildi.U shbu qonunda O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan qat'iy nazar bir hil fuqarolik huquqlariga egaligi hamda ularning Respublika Konstitutsiyasi va Qonunlari himoyasida bo'lishi qayd etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq,11-sessiyasida (1992yil, 8-dekabr) huquqiy va ahamiyatga molik hujjat-Mustaqillik konstitutsiyasi qabul qilindi. U iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ma'naviy hayotda chuqur islohatlar o'tkazish uchun puxta hududiy poydevor yaratdi. Konstitutsiyada eng avvalo, o'zbek millatining tarixiy an'analari, hududiy tafakkuri o'z aksini topgan. Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatining inson huquqlari sohasidagi yutug'larini to'la mujassam qiladi. Ushbu Konstitutsiya inson huquqlari sohasidagi barcha muhim qoidalarni: insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, mulkdor bo'lish huquqi va boshqa shu kabi huquqlarni o'z ichiga olgandir. Bizning Konstitutsiyamiz nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g'oyalarga xizmat qiladi. Davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo'nalishlarini va ularning tuzilishlarini belgilab beradigan, tartibga keltiradigan oliy yuridik hujjat konstitutsiyadir. Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan hamda rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan. O'zbekiston Konstitutsiyasi jahondagi yirik siyosatshunoslar-ekspertlar tomonidan xalqaro me'yorlarga to'la javob beradigan mukammal hujjat sifatida tan olingan. Xalq manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusimiz boshqa yangi mustaqil davlatlar konstitutsiyalaridan tubdan farq qilib, o'tish davrigagina mo'ljallanmasdan, balki davlat va jamiyat faoliyatining barcha yo'nalishlarini belgilab beruvchi dasuriy hujjat sifatida ham yuksak e'tiborga sazovardir. Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Konstitutsiyamizni nafaqat ta'riflaganda, balki qoidalarni moddama-modda ro'yobga chiqarish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.09 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.09 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga