ma'muriy huquq asoslari RYeJA ma'muriy huquq tushunchasi va manbalari. ma'muriy-huquqiy normalar va munosabatlar. ma'muriy majburlov. ma'muriy huquqbuzarlik va javobgarlik. Adabiyotlar. 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., O'zbekiston. 2009 2.I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T. ma'naviyat 2008 y. 3.E.Hayitboev, J.Yoqubov Huquqshunoslik (darslik) T. Yangi asr avlodi 2006 y. 4.O'zR Konstitutsiyasiga sharh.T. O'zbekiston 2008 y. 5.O'zR ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi. T. Adolat.2008 y. «ma'muriyat» so'zi lotincha «administratio» so'zidan olingan bo'lib, «boshqarish» manosini bildiradi. Shu bois mumuriy huquq ko'pincha boshqaruv huquqi yoki boshqarishga oid huquq deb ta'riflanadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga olgan huquqning alohida tarmog'i ma'muriy huquq deb ataladi ma'muriy-huquqiy normalar -davlat boshqaruvi sohasida davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmatchilari, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotlar, mehnat jamoalari va fuqarolarning qonunchilik bilan ruxsat etilgan yurish turish chegarasini belgilab beradi. ma'muriy -huquqiy munosabat deganda, ma'muriy -huquqiy norma bilan tartirbga solingan, taraflar ma'muriy- huquqiy normalar vositada o'rnatilgan hamda kafolatlangan o'zaro majburiyatlar va huquqlar egasi bo'lib maydonga chiqadigan boshqaruv sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. ma'muriy majburlov ma'muriy hokimiyatni amalga oshirishdan iborat maxsus vakolatlar berilgan ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar)ning odamlarni huquqiy ko'rsatmalarni bajarishga majbur qilish, huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda esa - ularga ma'muriy jazo chorasini ko'rish bo'yicha tashkiliy, jismoniy va ruhiy ta'sir ko'rsatishini bildiradi. ma'muriy javobgarlik - ijro etuvchi va sud hokimiyatining maxsus vakolatli organlari va mansabdor shaxslari aybdorga belgilaydigan ma'muriy ja'zolar tizimi. ma'muriy javobgarlikni qo'llash uchun asos vazifasini ma'muriy huquqbuzarlik bajaradi. ma'muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan g'ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytga kelib 16 yoshga to'lgan shaxslar ma'muriy javobgarlik subyektlari bo'lishi mumkin. ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: docx