Oila huquqi asoslari, Nikoh tushunchasi va shartnomasi

Oila huquqi asoslari, Nikoh tushunchasi va shartnomasi

O'quvchilarga / Huquq
Oila huquqi asoslari, Nikoh tushunchasi va shartnomasi - rasmi

Material tavsifi

Oila huquqi asoslari Reja. 1. Oila huquqi tushunchasi. 2. Nikoh tushunchasi, uni tuzish tartibi va shartlari. 3. Nikoh shartnomasi,yer va xotinning shaxsiy, mulkiy huquqlari. 4. Ota-onalik va uning huquqiy oqibatlari. Tayanch iboralar: Oila, ota-ona, farzandlar, oila va davlat, nikoh, nikoh tomonlarining tengligi, yer-xotin, nikoh shartnomasi, aliment. Oila huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va manbalari. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining obyektiv zarur, ajralmas qismidir. Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma'naviy birlashtirish, birgalikda xo'jalik yuritishni ta'minlash, o'zaro yordam ko'rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi. Oila bolalar to'g'risida g'amxo'rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni rag'batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Oila davlat himoyasiga olingan bo'lib, Konstitutsiyada bu haqda shunday deyiladi: Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Oila-kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy va ma'naviy munosabatlariga asoslangan birlik. Oila huquqi yer-xotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquq tarmog'idir. Ammo oilaviy munosabatlarning barchasi ham huquq tomonidan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati axloqiy, ruhiy tusda bo'lib, o'z mohiyatiga ko'ra ularni huquq yo'li bilan tartibga solib bo'lmaydi. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarshas bog'liqdir.Oila huquqi fuqarolik huquqidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo'lmagan yuridik faktlardan vujudga keladi; 2) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farqli o'laroq, ko'proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega; 3) Oilaviy huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya'ni boshqalarga topshirib bo'lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Oila huquqi predmeti - oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari quyidagilardir: - nikohdan o'tish tartibini va shartlarini belgilaydi; - oilada yer-xotin o'rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a'zolari o'rtasida paydo bo'ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; - boshqalarning bolalarini o'ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o'z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; - nikohni bekor qilish tartibi va shartlarini belgilaydi; - fuqarolik holati to'g'risidagi hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish tartibini belgilaydi. Oila huquqining manbasi: - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; - 1998 yil 30 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 sentyabridan kushga kiritilgan. Oila Kodeksi; -O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ayrim moddalari; - Oila to'g'risidagi qonunlar. Oila huquqining asosiy qoidalari: - oilada barsha masalalarni hal qilishda yer-xotinning teng huquqligi; - onalikni muhofaza qilish va rag'batlantirish; - balog'atga yetmagan bolalarni tarbiyalash to'g'risida g'amxo'rlik qilish; - bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.77 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.77 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga