Oila huquqi asoslari Reja Oila huquqi tushunchasi va mohiyati. Nikohdan o'tish va uni bekor qilish. Nikoh shartnomasi. Ota-onalar va farzandlarning huquq va majburiyatlari. Adabiyot 1. E.Hayitboev, J.Yoqubov Huquqshunoslik (darslik) T. Yangi asr avlodi 2006 y 2. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T. ma'naviyat 2008 y. 3. O'zR Konstitutsiyasi. T.O'zbekiston 2009 y. 4. Fuqarolik kodeksi. T. Adolat 2008 y. 5. Oila kodeksi. T. Adolat 2008 y. Oila yuridik tushuncha sifatida - shunchaki odamlarning o'zaro yer-xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan shaxslar guruhidir. Binobarin, oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo'lib, ular oilaviy-huquqiy munosabatlar deb ataladi. Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar quyidagilardir: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi va oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar. O'zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan. Oila huquqi sohasidagi xalqaro shartnomalar va xalqaro huquq normalari ham oila qonunchiligining manbai bo'lib hisoblanadi. Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasining oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari, manfaatlari va, albatta, majburiyatlari tarkibiga quyvdagilar kiradi: yer-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqpari va majburiyatlari; nikoh tuzishga teng huquqlar; voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquq va majburiyatlari; ota-onalar va bolalar, yer-xotin va sobiq yer-xotin, qarindoshlar va bosh- qa shaxslarning aliment majburiyatlari; nikohning tugatilish asoslari (OK 37-m.); yer-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish, va uni tasarruf etish huquqlari; nikoh shartnomasini tuzishda yer-xotinning huqukdari va majburiyatlari; farzandlikka olish tartibi; bolaning huquqi va manfaatini himoya qilish bo'yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari; ota-onaning bolani tarbiyalash hamda unga ta'lim berishga doir huquq va majburiyatlari; ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari va tartibi (OK 79, 80-m.); vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi. Nikoh - erkak bilan ayolning teng huquqpi, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo'lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi Nikoh tuzish - shunchaki rasmiyatchilik emas. Davlatning nikohni qayd eti-shi yuridik faktdir. Aynan ro'yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh deb hisoblanadi va faqat ugina yer-xotinlik huquqpari va majburiyatlari-ni yuzaga keltiradi, ro'yxatsiz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas. Diniy rasm-ru-sumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Erkak va ayolning haqiqatda birga yashashi («fuqarolik nikohi» deyiladi) natijasida ular o'rtasida huquqiy munosabatlar yuzaga kelmaydi, ular bir-birlarining oldida yuridik huquq va majburiyatga ega bo'lmaydilar (masalan, birga yashovchi (ayol) o'zi bilan birga yashovchi (erkak)dan ta'minot olishga haqpi bo'lmaydi). qonunga binoan, nikohdanuvchi shaxslarning yoki yer va xotinning nikohda bo'lgan davrida hamda yer-xotin nikohdan ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.58 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.58 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: docx