O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining manbalari

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining manbalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining manbalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganish kursining manbalari. Davlat hokimiyati jamiyat ehtiyojlaridan va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish yo'nalishlaridan kelib chiqib huquqiy normalarni qabul qildi. Har qanday konstitutsiyaviy normada davlt hokimiyatinining muayyan irodasi o'z ifodasini topadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursi manbalaridan biri bu - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O'zbekistn Respublikasi Konstitutsiyasida davlat va jamiyat tuzilishi, davlat siyosatining yo'nalishlari, inson va fuqarolarning huquqiy holati, miliy davlat ma'muriy-hududiy tuzilishi, davlat organlarining tashkil topishi va faoliyatining asosiy prinsiplari yuridik asoslar mustahkamlangan. Konstitutsiya yuridik kuchi bo'yicha davlatning hamma huquqiy normalardan yuqori turadi va o'zining ba'zi normalari bilan huquqning boshqa tarmoqlari uchun manba vazifasini bajaradi. 2. Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi ham manba hisobladi. 3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy va joriy qonunlar ham manba bo'ladi. Konstitutsiyaviy qonunlarda konstitutsiyaviy normalariga aniqlik kiritish, ularni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish tartibi joriy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Qonstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 23 qismi ovoz berishi talab etiladi, joriy qonunlarni qabul qilishda esa deputatlarning ovoz berishi yetarli bo'ladi. 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari kiradi. Farmon faqat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq va ularning ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinadi. Davlat qurilishi va jamiyat hayotini isloh qilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhim farmon , qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ham hisoblanadi. Bunday qarorlarda Respublika Prezideti tomonidan belgilangan vazifalar huquqiy asosda batafsil yoritilib beriladi va aniq chora tadbirlar bilan mustahkamlanadi. 6. Mahalliy hokimiyatning ba'zi bir qarorlari ham manba bo'lishi mumkin. Bunday qarorlarga xalq deputatlarining Kengashlari tomonidan tasdiqlangan, Kengashlarning qo'mita va komissiyalari, deputatlar guruhlari to'g'risidagi nizomlar, ularni ish tartiblari tasdiqlovchi qarorlar misol bo'ladi. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari Konstitutsiya, qonun, farmon, hukumat qarorlari, markaziy davlat boshqaruv organlari aktlariga muvofiq va ularning ijrosni ta'minlash uchun chiqariladi. Ular o'z hududi doirasida konstitutsiyaviy huquq predmetiga kiruvchi masalalarni tartibga soladi. Ushbu o'quv kursining manbalari Konstitutsiyada belilab qo'yilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.62 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.62 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga