O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining asosiy tamoyillari. Reja: 1.Davlat suvereniteti tushunchasi va mohiyati. 2.O'zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligi. 3.O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunning ustunligi. 4.O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari. Adabiyotlar: 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2003. 2.I.A.Karimov «O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T .96. 3.I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T .96. 4.A.Fozilov «Hayot va qonun». 200 yil 11-12-son «O'zbekiston- suveren demokratik Respublika». 5.R.Qayumov « O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi» T. «Adolat» 1996. 6.H.Boboyev, K.Normatov «Milliy davlatchilik haqida» T.99. 7.Sh.Urazayev «Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi» T.95. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy to'zumining asosiy prinsiplari deganda, jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy to'zum, davlatning tuzilishi, uni boshqarish shakli va tartibi, Konstitutsiya va qonunarning ustunligi, davlatning ichki va tashqi siyosati qanday asoslarda amalga oshirilayotganligi tushuniladi. Konstitutsiyaviy to'zumning asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning I-bo'limida belgilangan. Konstitutsiyada jamiyatimizning asosiy prinsiplari sifatida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunarning ustunligi, Respublika tashqi siyosatining asosiy prinsiplari ko'rsatib o'tilgan. Konstitutsiyaviy to'zumning asosiy prinsiplari O'zbekiston Respublikasi qanday davlat ekanligi, uning mohiyati, uning butun ichki va tashqi vazifalarini mustaqil ravishda belgilash, davlat ichida yagona ustun hokimiyat ekanligi, boshqa hech qanday hokimiyatni tan olmasligi, tashqi davlatlar bilan umumbashariy qadriyatlar, xalqaro shartnomalar asosida mustaqil ish olib borishga qodir ekanligini ko'rsatadi. Davlat suvereniteti davlatning mustaqilligini bildiruvchi termin bo'lib, davlatning muhim belgisi xususiyati hisoblanadi. «Suverenitet» termini XVI asrda Fransiyada vujudga kelgan va oliy hokimiyat egasi degan ma'noni bildiradi. Suverenitet davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo'lib, uning to'la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram emasligini anglatadi. Suveren davlat o'z ichki va tashqi vazifalarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shu bilan birga, xalqaro huquq normalarini bo'zmagan holda, o'zi xohlagan tarzda hal qiladi. Suverenitet davlat bilan bir vaqtda vujudga keladi. Davlat suvereniteti millat, xalq suverenitetidan boshlanadi va uning o'rniga keladi. Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta'limot dastlab burjua mafkurachilarining feodalizmga qarshi kurash yo'lida ishlab chiqilgan edi. Feodallar sinfi bilan kurash uchun burjuaziya sinfiga tayanch kuch kerak edi va bunday kuch xalq ommasi ekanligini ular yaxshi bilar edi. Shuning uchun burjuaziya o'z manfaatlarini butun xalq manfaati deb e'lon qildi va butun xalqni feodalizmga qarshi kurash uchun inqilobga chaqirdi. «Xalq suvereniteti» nazariyasi franso'z olimi Jan Jak Russo tufayli burjua inqilobi arafasida o'zining klassik qiyofasini topdi. Uning fikricha, xalq suveren hokimiyatning asoschisi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq fanida xalq suvereniteti deganda, odatda, xalq to'la hokimiyatning egasi ekanligi, uning o'z hokimiyatini boshqa ijtimoiy kuchlardan mustaqil ravishda, hech kimga bo'ysunmasdan amalga oshirishi tushuniladi. Xalq suvereniteti davlat va milliy suverenitetlarda namoyon bo'ladi. O'zbekistonda suverenitetning manbai va yagona egasi bo'lgan xalq uni, eng avvalo, davlat hokimiyati orqali davlat suvereniteti ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.9 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.9 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc