O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat tarixida huquq va erkinlik sohasida xalqaro standartlarning, xorijiy mamlakatlarning demokratik qonunchiligi ta'siri, tajribasi asosida tuzilgan, inson huquq va erkinlligining keng turlarini o'z ichiga olgan huquqiy hujjat hisoblanadi. Konstitutsiyaning muqaddimasida inson huquqlariga sodiqligini tantanali ravishda elon qilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko'zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston xalqi maskur Konstitutsiyani qabul qilganligi alohida qayd etilganligi buning aynan dalili hisoblanadi. Konstitutsiyaning 13-moddasida O'bekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qjnunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyaning 17-moddasida O'bekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalariga asoslanishi ko'rsatib o'tilgan. Konstitutsiyaning 18-moddasida O'bekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'I nazar, qonun oldida tengdirlar, ta'kidlangan va davlat tomonidan barcha fuqarolarning huquq va erkinlari kafolatlanadi va himoya qilinishi belgilangan, 19-moddasida fuqarolarning Konstitutsiya va qjnunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklaab qo'yishga hech kim haqli emasligi alohida belgilab qo'ylgan, 22-moddasida O'bekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqoralarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi va fuqarlik pasportida Ushbu pasportning egasi O'bekiston Respublikasining himoyasidadir yozib qo'yilgan, 25-moddada esa har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mimkin emasligi alohida qayd etilgan, 27- moddasida har kim o'z sha'ni va obr'siga qilingan tojovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligigi huquqiga egaligi belgilangan, 43-moddasida esa davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi, deb, davlatning mas'ulligi belgilab qoyilgan. Umuman olganda, muhim xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy-huquqiy qadriyatlarini tan olgan, qabul qilgan holda O'bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekiston qonunchiligining asosini jiddiy takomillashtirganligini ko'rib turibmiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga